So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Umid Ahmadjonov hamda maxsus ishchi guruhning Qarshi shahriga tashrifi davom etmoqda Yangiliklar

Umid Ahmadjonov hamda maxsus ishchi guruhning Qarshi shahriga tashrifi davom etmoqda

Teglar :  O'FAUmid Ahmadjonov
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida maxsus ishchi guruh bilan bo'lib turgan O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qarshi olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurdi.

Umid Ahmadjonov u erda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish racioni, yotoqxonasi, sport inshootlari, mashg'ulotlar maydonlarini ko'zdan kechirdi.

Jumladan, Umid Ahmadjonov sportchilarning ovqatlanish tizimini tanqid ostiga olib, sportchilar jismonan baquvvat bo'lishlari uchun kaloriyasi ko'proq ovqatlar berilishi kerakligini takidlab o'tdi. Bu borada maxsus ko'rsatmalar berdi.

Qarshi shahar Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab internatida yangi barpo etilgan, o'lchami 50 metrga 25 metr (50x25) bo'lgan suzish havzasi bilan ham yaqindan tanishildi.

Umid Ahmadjonov sport mutasaddilari bilan suhbatlashar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan Olimpiya zaxiralari kollejlarining samarali ishlashi uchun milliardlab mablag' ajratilayotganini, ushbu mablag'larning maqsadli sarflanishini jiddiy nazorat qilish hamda ularni to'g'ri yo'naltirish barcha uchun birdek muhim va ahamiyatli majburiyat ekanini takidladi.

Zero, O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti aytganidek, “Milliy olimpiya qo'mitasi yuritayotgan siyosat, olib borayotgan islohotlarga ko'ra yurtimizdagi Olimpiya zaxiralari kollejlari terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida xizmat qilishi kerak".


Umid Ahmadjonov “Nasaf” klubining infratuzilmasini ko'zdan kechirdi

O'FA 1-vice-prezidenti boshchiligidagi ishchi guruh “Nasaf” klubining uy stadioni bo'lgan “Markaziy” o'yingohi, “Nasaf” futbol akademiyasi, “Nasaf” futbol klubining mashg'ulotlar bazasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida Umid Ahmadjonov “Nasaf” klubi rahbariyati bilan uchrashib,  hozirgi kunda klubda mavjud muammolarni muhokama qildi.

“Nasaf” klubi futbolchilari va akademiyada tahsil olayotgan yosh futbolchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, stadionning ahvoli, mashq maydonlari hamda akademiya binosidagi vaziyatni ko'zdan kechirib, kamchiliklarni bartaraf etish borasida zarur maslahatlarni berdi.

Umid Ahmadjonov “Nasaf” klubidagi moliyaviy muammolar tez orada bartaraf etilishini, klub oddiy xodimidan tortib rahbariyatgacha barcha oylik maoshlarini to'liq olishlarini taminlashga vada berib, bu masalani hal qilish uchun oxirigacha borishini aytib o'tdi. “Nasaf” klubi Qashqadaryo futbolining yuragi ekanini, hamda bu klub ishtirokisiz Superliga o'yinlarini tasavvur qilib bo'lmasligini alohida takidlab, Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun barcha qulayliklarni yaratish zarurligini qo'shimcha qilib o'tdi.



“Muruvvat” bolalar uyi, Qarshi shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati va “Nasaf” klubi akademiyasidan keyin O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar suv sporti turlari Sport maktabida hamda Qarshi shahar bolalar va o'smirlar sport maktabida bo'ldi.

Umid Ahmadjonov bu o'quv dargohlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish racioni, yotoqxonasi, sport inshootlari, mashg'ulotlar maydonlari, suv havzalarini ko'zdan kechirdi. Olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.

Kun oxirida esa  viloyat hokimligining majlislar zalida Qashqadaryoda sport, xususan, futbol sohasini rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar bo'yicha yig'ilish o'tkaziladi va tegishli xulosalar qilinadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика