So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  6 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

Umid Ahmadjonov Farg'ona va Buxorolik muxlislarga minnatdorchilik bildirdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Farg'ona va Buxorolik muxlislarga minnatdorchilik bildirdi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliganing 1-turida stadiondagi ajoyib muhit yaratgan muxlislarga minnatdorchilik bildirib o'tdi.

“Superliganing 1-turi juda ajoyib boshlandi. Farg'onada “Neftchi” va “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi mavsumning ochilish o'yinida qatnashdim. SHu kuni “Istiqlol” stadioniga 20 000 ga yaqin muxlis tashrif buyurib, o'yingohda haqiqiy bayramona muhit hukmronlik qildi. Mazkur muhitni yuzaga keltirishda say-harakat qilgan klub mutassaddilari va birinchi navbatda farg'onalik futbol ishqibozlariga alohida minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Guvohi bo'lganingizdek, maydon egalari “Neftchi” futbolchilari ham bundan ruhlanib, kuchli tarkibga ega bo'lgan “Nasaf”ga qarshi shiddatli va hujumkor o'yin namoyish qilishdi. Aytmoqchi bo'lganim, muxlislar stadionni to'ldirib o'tirishsa, maydonda ham shunga mos o'yin bo'ladi.

Bugun bo'lib o'tgan “Buxoro” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yinda ham stadion muxlislar bilan to'ldi. Deyarli 14 000 ga yaqin muxlis o'zlarining sevimli jamoalari qo'llab-quvvatlash uchun Buxorodagi stadionga tashrif buyurishdi. Muxlislar bu o'yinda ham murosasiz o'yin guvohiga aylanishdi.

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha futbol muxlislarini stadionlarga chorlab qolaman. Futbol Siz uchun, muxlislar uchun. Stadionlarga tashrif buyurib, o'z sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang!” – dedi Umid Ahmadjonov.

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика