So’nggi yangiliklar

00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  23 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  1 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  2 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29

Umid Ahmadjonov: "Endi zaif eshituvchilar terma jamoasiga milliy terma jamoaga qaragandek qaraymiz" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Endi zaif eshituvchilar terma jamoasiga milliy terma jamoaga qaragandek qaraymiz"

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FA
12 mart kuni O'zbekiston futbol Associaciyasida Taylandda o'tgan 18 yoshgacha bo'lgan Zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'alaba qozongan futzalchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, O'FA masullari, futzalchilar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

O'tgan yili Taylanda o'tgan U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo'yicha zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olib chiqqan futzalchilar esa ushbu ajoyib g'alaba uchun 15 dekabr kuni O'zbekiston futbol federaciyasida bo'lgan marosimda mukofotlanishgan edi. O'shanda har bir futzalchiga 2 000 000 so'm miqdorida mukofot puli taqdim qilingan. SHuni ham alohida takidlab o'tish kerakki, U-18 World Deaf Futsal Championship norasmiy musobaqa bo'lib, FIFA tasnifiga kirmaydi.

O'zbekiston futbol Associaciyasi qaramog'ida esa faqat FIFA tasnifiga kiruvchi terma jamoalar bo'ladi. SHunga qaramay, U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo'yicha zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionatidag'olib chiqib, Vatanimiz bayrog'ini yuksakka ko'targani uchun yosh futzalchilarga O'zbekiston futbol Associaciyasi yana bir bor mukofot pullari taqdim qilishga qaror qildi. Bu safar Zaif eshitiuvchilar terma jamoasining har bir azosiga 16 376 000 so'm miqdorida mukofot taqdim qilindi.

Futzalchilarga mukofot pullarini O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirdi.


"Jahon chempionatidan qaytganinglardan so'ng har bir futzalchiga 2 million so'mdan mukofot bergandik. Aslida zaif eshituvchilar terma jamoasi O'FAga qarashli emas. Biz FIFA azosimiz. Ammo matbuotda O'FA sizlarga etibor qilmadi degan gaplar ko'payib ketdi. Qanday masala yoki yordam kerak bo'lsa oldimga kelmaysizlarmi? Forma dedinglar berdik, 2 milliondan mukofot berdik. Zal muammomi? Ikkita zal sizlarga beriladi. "Istiqlol" sport majmuasida mashg'ulot o'tkazasizlar. O'zbekiston milliy terma jamoasiga qanday qarasak endi sizlarga ham xuddi shunday qaraymiz. Formami, butsami, to'plarmi yoki yig'inlarmi hammasi qilib beramiz.

Jahon chempioni bo'lgan futbolchilarga 16 376 000 million so'mdan mukofot beramiz. Nimaga futzal terma jamoasiga 24 million, bularga 16 million deyishinglar mumkin. CHunki hali bular yoshlar terma jamoasi azolari. kelajakda sizlar ham milliy terma jamoada o'ynab yutuqlarga erishsanglar 24 emas 30 milliondan mukofot beramiz", - deydi Umid Ahmadjonov.


Narzulla Saydullaev 


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика