So’nggi yangiliklar

23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  1 23:06"Реал" — "Вильярреал". Мбаппе асосий таркибда  1 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  2 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  8 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан иродали ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  6 20:59"Хавадар" — "Истиқлол". Машарипов асосий таркибда  0 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 20:06"Рубин" — "Ахмат". Таркиблар маълум  0 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  49 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  245 18:35АПЛ. Бешта баҳснинг асосий таркиблари билан танишинг  0 18:27АПЛ. Жотанинг голи "Ливерпуль"га муҳим 3 очкони тақдим этди  4

Umid Ahmadjonov: "Adolatli hakamlik bor joyda futbol rivojlanadi" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Adolatli hakamlik bor joyda futbol rivojlanadi"

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida Superliga bosh hakamlari va laynsmenlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Yig'ilishda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston Futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov, O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov, bosh hakamlar va laynsmenlar ishtirok etishdi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan Umid Ahmadjonov O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan hakamlarga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani, bundan ko'zlangan asosiy maqsad yurtimizda hakamlik saviyasini oshirish, o'yinlarning xolis va adolatli boshqarilishini taminlashdar iborat ekanini aytib o'tdi.

“Hakamlarimiz saviyasini oshirish uchun O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hakamlar uchun xorijda o'quv-mashg'ulotlar tashkil qildik, ular uchun turli seminarlar o'tkazmoqdamiz. O'zbek hakamlari dunyoda o'z o'rnilariga egalar.

Ravshan Ermatov butun dunyoda hurmatga sazovor hakam. Buni barchangiz yaxshi bilasiz. Lekin u hakamlik faoliyatini tugatgandan keyin yana shu darajada ishlaydigan hakamlar bormi bizda? Ravshan Ermatovning ishini kim davom ettiradi? Buning uchun yosh hakamlarning saviyasini oshirib borishimiz, yangi hakamlarni tayyorlab borishimiz kerak.

Evropa va Osiyoning futboli rivojlangan mamlakatlari futbol federaciyalari bilan memorandumlar imzoladik, hamkorlik bo'yicha kelishuvlarga erishdik. Ana shu memorandumlardan unumli foydalanib, yosh hakamlarimiz uchun xorijda turli seminarlar tashkil qilib berishimiz kerak. Ular Evropa jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib, o'z malakalarini oshirib borishadi.

Joriy mavsumdan boshlab O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan hakamlarga alohida oylik maosh tayinlanadi. Undan tashqari, reglamentda belgilanganidek har bir uchrashuv uchun hakamlarga tegishli miqdorda pullar beriladi. Yaxshi hakamlik qilganlar uchun mukofot pullari joriy qilinadi. Maqsad hakamlarimiz o'yinlarni xolis va adolatli boshqarishsin, turli qing'irliklardan uzoqroq yurishsin.

Uchrashuvlarni boshqarish uchun joylarga borishganida, ularga nisbatan hurmat yuqori bo'lsin. Hakamlarga chetdan bosim o'tkazishga hech kimning haqqi yo'q. Klub rahbarlari, vakillari kim bo'lishidan qatiy nazar agar hakamlarga bosim o'tkazishga urinishsa, O'FA tomonidan jazolanadi. Hakam daxlsiz bo'lishi kerak. Faqat O'zbekiston futbol Associaciyasi rahbariyati hakamlar ishini nazorat qiladi va ularni baholab boradi.  

SHuncha sharoitlar yaratilganidan keyin ham hakamlar turli qing'irliklarga aralashishsa, poraxo'rlik holatlari aniqlansa, unday hakamlar futbol bilan butun umrga xayralashadi.

Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev futboldagi korrupciyani qattiq qoralab, bu illatni yo'qotishga astoyidil bel bog'laganliklarini ko'p bor takidlab o'tmoqdalar. Hakamlarimiz ham Prezidentimizning bu so'zlaridan to'g'ri xulosa chiqarib, uchrashuvlarni adolat bilan boshqarishlari kerak. Adolatli hakamlik bor joyda futbol rivojlanadi.

SHu sababdan futbol o'yinlarini boshqarish davomida hech kimning nayrangiga uchmay, faqat xolislik bilan ishlashingizni talab qilamiz. Bo'lar-bo'lmasga hushtak chalib, o'yinlarni to'xtatavermay, futbolchilarga o'ynashga imkon berish kerak.  Stadionga keladigan muxlislar jang ko'rishni istashadi. Bizda bazi futbolchilar sal narsaga yotib olib, simulyaciya ishlatadi. Natijada o'yin tempi buziladi. Bundan futbolchilarga nisbatan qattiq choralar ko'rishingizni so'raymiz. Bir ikki marta mana shunday futbolchilar jazolansa, keyin ancha tarbiyalanib qoladi.

Futbol rivoji uchun barchamiz birdek masulmiz. Hakamlar ham faqat uchrashuvlarni boshqarish bilan cheklanmay, futbolimiz rivoji uchun o'z takliflari bo'lsa, marhamat oldimizga kelishsin. Biz ularning fikrlarini tinlashga tayyormiz. Hakamlar maydonda har bir futbolchining harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib borishadi. Tabir joiz bo'lsa, hakamlar selekciya ishlarida ham terma jamoalarimiz murabbiylariga yordam berishlari mumkin. Ular qaysi futbolchi qanday imkoniyatga ega ekani haqida yaxshi xabardorlar.

Oldimizda katta musobaqalar turibdi. O'zbek xalqi terma jamoamiz Olimpiadaga, Jahon chempionatiga chiqishini 26 yildan beri kutadi, 26 yildan beri orzu qiladi. Xalqimizning bu orzusi amalga oshishi uchun barchamiz bir oila bo'lib harakat qilishimiz kerak”, - dedi Umid Ahmadjonov.



SHundan so'ng FIFA referesi, dunyoning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov so'z olib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Avvalo, bizni har tomonlama qo'llab quvvatlab, bizga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman.

Hozir futbolimizda yangi davr boshlanmoqda. Endi biz hakamlar ham mana shu davrga hamohang tarzda boshqacha ishtiyoq bilan  uchrashuvlarni boshqarishimiz,tinmay o'z ustimizda ishlab, malakamizni oshirib borishimiz kerak. Hakamlar qancha kam xatoga yo'l qo'yishsa, uchrashuvlar shunchalik qiziqarli va shiddatli o'tadi. Biz Evropa futboliga intilib ishlashimiz kerak. Evropada hakamlar maydonda kurash kechishiga imkon berishadi. Hadeb hushtak chalaverib, o'yinning shiddatini o'ldirib qo'yishmaydi.

Biz futbolchilarimizni xalqaro maydonda o'yinlarga chiniqtirib borishimiz kerak. SHundagina terma jamoa tarkibida katta musobaqalarda ishtirok etganda, futbolchilarimiz kurashga, shiddatga tayyor bo'lishadi.

O'yinlar shiddatini oshirish uchun uchta holatda futbolchilarga so'zsiz sariq kartochka ko'rsatilishi kerak: Simulyaciya, o'yin vaqtini cho'zishga bo'lgan harakat va hakam bilan tortishish.

SHunda futbolchilar ham bu kabi holatlardan uzoqroq bo'lishga harakat qilishadi”, - dedi Ravshan Ermatov.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика