Ulug'bek Hoshimov: "O'zim katta bo'lgan jamoaga qaytish yoqimli. "Paxtakor" bilan katta yutuqlarga erishishni maqsad qilganman"
21 iyu 2024 15:10
Yangiliklar
Ulug'bek Hoshimov: "O'zim katta bo'lgan jamoaga qaytish yoqimli. "Paxtakor" bilan katta yutuqlarga erishishni maqsad qilganman"
- "Paxtakor" jamoasi kelib qo'shildingiz. Ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday kechmoqda?
- O'zim katta bo'lgan jamoaga qaytish juda yoqimli. Dastlabki qadamlarimni shu erda tashlaganman. Kuniga ikki marotaba mashg'ulot olib boryapmiz. "Paxtakor" bilan katta yutuqlarga erishishni maqsad qilganman.
- Ikkinchi davra oldidan "Paxtakor" o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ydi?
- Maqsadlar katta. SHu natijalarga erishish uchun maksimal ravishda harakat qilamiz. "Paxtakor"ga kelishim oldindan anqi edi, ammo ayrim bir sabablarga ko'ra birinchi davrani "Surxon"da o'tkazdim. Jamoadoshlarimning barchasi akalarim va ukalarim jamoadagi atmosfera ajoyib.
- Parijdagi Olimpiya o'yinlari boshlanishiga bir hafta qoldi. Olimpiya o'yinlari oldidan o'z fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Do'stlarimga Olimpiya o'yinlarida omad tilayman. Ular vatanga yorug' yuz bilan qaytishlariga tilakdoshman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar