So’nggi yangiliklar

08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  2 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  1 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  2 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8

Ulug'bek Baqoev: “Umuman olganda, yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi” Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: “Umuman olganda, yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi”

O'zbekiston kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” (1:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev qatnashdi.

– Biz raqibimizning qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilardik. “Navbahor” Superligada medadlar uchun kurashmoqda, jamoa tarkibida O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar bor. SHunga qaramay, menimcha, mezbonlarning ayrim vaziyatlardagi ustunliklarini inobatga olmasa, o'yin teng kurashlar ostida kechdi. Biz bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik. Uchrashuvning ilk daqiqalarida urgan golimiz inobatga olinmadi. O'sha vaziyat bo'yicha biror narsa deyish qiyin.Keyin birinchi bo'limning qo'shimcha daqiqalarida burchak zarbasidan so'ng, mezbonlar gol urishdi. Ikkinchi bo'limda xavfli vaziyatlar yarata oldik. Umuman olganda, yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi va buning uchun ularga o'z minatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor”ni esa bugungi g'alaba bilan tabriklab, jamoaga keyingi bosqich o'yinlarida omad yor bo'lishini tilayman.

“Buxoro”ning oldiga joriy mavsumda klub rahbariyati tomonidan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Buni amalga oshirish yo'lida harakat qilyapmiz. Umuman olganda, Pro ligada 4 ta jamoa Superliga yo'llanmasi uchun kurashmoqda hamda mazkur liganing 2-davra o'yinlari qiziqarli kechadi, deb o'ylayman, - dedi Ulug'bek Baqoev.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.      

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика