Ulug'bek Baqoev: O'yinni qanday tariflashga ham hayronman...
17 sen 2017 09:03
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: O'yinni qanday tariflashga ham hayronman...
- O'yinni qanday tariflashga ham hayronman... Bahs oson bo'lmadi albatta. Xamma o'yinchilarimiz birdek shijoat bilan xarakat qildi. To'p bilan muomala qilishda ham, o'yinni nazorat qilish bo'yicha ham raqibdan yaxshi o'ynadik. Buning uchun ularga va shuningdek “Buxoro” ishqibozlariga ruhan dalda berib, qo'llab –quvvatlab turishgani uchun alohida rahmat deyman. Uchrashuvda turli xil vaziyat bo'lishi mumkin. Biz hamma vaqt bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Dinamoga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Bugun shunchaki omad biz tomonda bo'lmadi xolos. Lekin o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmagan holda keyingi turlarda bundan-da ko'proq xarakat qilib, bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil xarakat qilamiz - deydi Ulug'bek Baqoev.
Buxoro matbuot xizmati.
Fikrlar