So’nggi yangiliklar

19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  12 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  1 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

Ulug'bek Baqoev: “Futbolda muhimi natija” Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: “Futbolda muhimi natija”

Oliy liganing 15-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi “Buxoro”ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan so'ng “Buxoro” bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumaniga qatnashdi.

- Avvalambor barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Barcha hamyurtlarimizni ushbu bayram bilan tabriklayman va yurtimiz tinch, vatanimiz va futbolimiz bundanda rivojlanishiga tilakdoshman.

O'yin juda asabiy va og'ir o'tdi. Bugun ochiq futbol namoyish etdik. G'alaba qozonishimiz, mag'lubiyatga uchrashimiz va durang natija ham qayd etishimiz mumkin edi. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular bugun maydonda o'z xarakterini va irodasini ko'rsatishdi va natijada g'alaba qozondir.

- Ikkinchi davrada “Buxoro”jamoasi kuchaytiriladimi?

- Bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar olib borayapmiz. Jamoa tarkibi bir necha futbolchilar bilan to'ldirilishi kutilmoqda. Tarkibimiz kuchayadi. Ayrim poziciyalarda muammolarimiz bor. “So'g'diyona” jamoasiniga rahmat aytmoqchiman. Ularga kelgusi o'yinlariga omad tilamoqchiman.

- “Buxoro”ning bugungi o'yinlarida xujumda aniqliklar etishmadi.

- Bu menimcha futbolchilarning  psixologik tomondan deb o'ylayman. Har bir futbolchi gol urgisi keladi. Futbolda muhimi natija va biz bunga erishdik. SHahrimizni, jamoamizni va muhlislarmizni g'alaba bilan tabriklayman.

“So'g'diyona” matbuot xizmati
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика