So’nggi yangiliklar

21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  0 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  2 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  5 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  4 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  5 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  18 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1

Ulug'bek Bakaev: "Buxoro" bilan shartnomam bor. Jamoani Pro ligaga yaxshi tayyorlab, yana Superligaga qaytarishni maqsad qilganman" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Buxoro" bilan shartnomam bor. Jamoani Pro ligaga yaxshi tayyorlab, yana Superligaga qaytarishni maqsad qilganman"

Bugun Coca Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Buxoro" – OKMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Ko'p vaziyatga ega bo'ldik. Gol urishimiz mumkin edi, ammo buni uddalay olmadi. OKMK o'z imkoniyatidan foydalandi va g'alaba qozondi. Muxlislarga barchasi uchun rahmat aytmoqchiman. Keyingi mavsum bizga sabr kerak bo'ladi. Yana Superligaga qaytish uchun mehnat qilish kerak. Hayot esa davom etadi. Keyingi yil yana Superligaga qaytishni maqsad qilamiz.

- Sanjar Tursunovning goli haqidagi fikringiz?

- U vaziyatda fol bor yoki yo'q buni aniq ayta olmayman, ammo raqib o'yinchisi maydonda yotganda jamoa feyr-pleyga amal qilishi kerak deb o'ylayman. Feyr-pley esa bo'lmadi, balki ular ko'rmay qolishgandir. Bilmadim, to'g'risi. SHaxsiy fikrimcha, feyr-pleyga amal qilish kerak edi. Sobiq futbolchi sifatida shundan fikrdaman. 

- "Buxoro" muxlislarini hozir bir savol qiynamoqda. Ulug'bek Bakaev keyingi mavsum ham jamoada qoladimi? Jamoa rahbariyati bilan shu masala bo'yicha gaplashib oldingizmi?

- Bizda shartnoma bor. Men jamoani Pro ligaga tayyorlayman va Superligaga olib chiqishga harakat qilaman.

- Yordamchilaringiz ham jamoada qolishadimi? 

- Bilmadim. Kimdir keladi, kimdir ketadi. Bu savollarga hozir aniq javob berish qiyin.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика