“Ufa” “Rubin” ustidan irodali g'alabaga erishdi
30 okt 2017 22:17
Yangiliklar
“Ufa” “Rubin” ustidan irodali g'alabaga erishdi
Rossiya premer-ligasida 15-turning yana bir uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda “Ufa” klubi o'z maydonida Qozonning “Rubin” jamoasini qabul qilib, irodali g'alabaga erishdi. “Neftyanik” stadionida kechgan o'yindagi hisobni mehmonlar ochishlariga qaramay, yakunda “Ufa” 2:1 hisobida zafar quchdi.
Karadeniz Gyokdenizning goliga mehmonlar 36-daqiqada Dmitriy Stockiy, 89-daqiqada Ondrjey Vanekning aniq zarbalari bilan javob qaytarishdi. Bugungi o'yindan so'ng “Ufa” 21 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'ringa ko'tarilib oldi. “Rubin” esa 18 ochko bilan 10-pog'onada qoldi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar