Xavi Eldor SHomurodov ustoziga aylanishi mumkin edi
25 sen 2024 12:34
Yangiliklar
Xavi Eldor SHomurodov ustoziga aylanishi mumkin edi
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xavi Daniele De Rossi istefoga chiqarilganidan keyin "Roma"ni boshqarishi mumkin bo'lgan.
Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, rimliklarning amaldagi murabbiyi Ivan Yurich bu lavozimga davogarlar ro'yxatida birinchi bo'lmagan. Avvaliga klub rahbariyati Xavi Ernandes, Stefano Pioli va Franchesko Fariolidan rad javobini olgan.
Eslatib o'tamiz, Pioli De Rossi ishdan bo'shatilgan kuniyoq "Al Nassr"ga murabbiy bo'lgan bo'lsa, Farioli hozir "Ayaks"ni boshqarmoqda. Xavi "Barsa"dan haydalganidan keyin ishsiz yuribdi.
Malumot uchun, "Roma" tarkibida O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov to'p tepadi. Jamoa 5 turdan so'ng 6 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar