So’nggi yangiliklar

14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  1 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  7 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  5 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  8 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   1 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5

"Ufa" rahbari O'runovning Gucci va Louis Vuitton'dagi xaridlari haqida: "Agar MUMni sotib olmoqchi bo'lsa, olaveradi. U o'g'irlagani yo'q, ishlab topdi" Yangiliklar

"Ufa" rahbari O'runovning Gucci va Louis Vuitton'dagi xaridlari haqida: "Agar MUMni sotib olmoqchi bo'lsa, olaveradi. U o'g'irlagani yo'q, ishlab topdi"

"Ufa" direktorlar kengashi raisi Rostislav Murzagulov "Spartak"ga o'tgan yarim himoyachi Oston O'runov haqida gapirdi.

- O'runov o'zining instagram sahifasida MUM (markaziy universal magazin)dan qilgan xaridlarini joyladi va bu darhol internetda tanqid qilindi. Ushbu postni ko'rdingizmi? Bu haqda nima deysiz?

- Tanqidga salbiy munosabatdaman. Oston - yosh yigit, uning uchun xursand bo'lish kerak, barchasini o'z mehnati bilan topgan, o'g'irlamagan. Agar MUMni sotib olishni xohlasa, sotib olaversin! Men esa boshqa do'konlarga borishni afzal ko'raman, men uchun bu sal qimmatlik qiladi (kuladi).

- Moskva Ostonning boshini gangitib qo'ymadimikin? Sizningcha, bu birinchi belgilar emasmi?

- Unday demagan bo'lardim. Insonlar maydonda va tashqarida o'zlarini boshqacha tutishlari mumkin. Ko'rganingizdek, O'runov doim kurashlarga chanqoq, hech qachon to'xtamaydi, dangasa emas. Hatto uning kuchi qolmagan bo'lsa ham, yuguradi, ishlaydi. Professional yigit. Uning hatto yomon odatlari ham yo'q, Oston doim sportda. Xo'sh, do'konga odam kirib keldi, nima qilibdi? Bunda muammo ko'rmayapman. Men uni qo'llab-quvvatlayman.

- Aytishlaricha, Oston "Spartak"da hali avans ham, maosh ham olmagan. Klubingizdagi maosh futbolchiga bunday shoping (savdo) qilishga imkon beradimi?

- (Kuladi) Rostini aytsam, faqat narxlari arzonlashtirilgan mahsulotlar uchun etsa kerak, - deydi Murzagulov.


Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik xavbek bundan bir necha kun oldin o'zining Gucci va Louis Vuitton'dagi xaridlari aks etgan suratini istagram sahifasiga joylagan va bir ozdan so'ng postni o'chirib tashlagan edi.


→ FOTO  Oston O'runov "Ufa"ga qarshi o'yin "Spartak" bilan Boshqirdistonga etib keldi

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика