So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  9 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

UEFAning maxsus dasturi asosida O'FA va “CHig'atoy”dagi maydonlarning yoritish tizimi kapital tamirdan chiqarilmoqda Yangiliklar

UEFAning maxsus dasturi asosida O'FA va “CHig'atoy”dagi maydonlarning yoritish tizimi kapital tamirdan chiqarilmoqda

O'zbekiston futbol associaciyasi FIFA, UEFA hamda OFKning futbolni rivojlantirish dasturlaridan unumli foydalangan holda, yurtimizda futbolning rivojini yangi bosqichga olib chiqish, futbol infratuzilmasini yaxshilash borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, O'FA 1-vice Umid Ahmadjonov FIFA, UEFA va OFK prezidentlari bilan o'zaro uchrashuvlar chog'ida O'zbekistonda futbolni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ularni yaqindan tanishtirib, ana shu islohotlarni qo'llab-quvvatlashni ulardan so'ragandi. Bu so'rovga asosan yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar rahbarlari O'zbekistondagi futbol bo'yicha islohotlarni qo'llab-quvvatlashga hamisha tayyor ekanliklarini malum qilishgan.

O'zbekiston futbol associaciyasi UEFAning maxsus UEFA Assist dasturi asosida grandlarni qo'lga kiritish bo'yicha o'z taklif va g'oyalarini Evropa futbol associaciyalari uyushmasiga taqdim etdi. O'z o'rnida UEFAga O'FA tomonidan keltirilgan g'oyalar maqul kelgan holda, dastur asosida O'zbekistonga grand ajratishga qaror qildi.

UEFA Assist dasturi asosida “CHig'atoy” va O'FA maydonlaridagi yoritish tizimi kapital tamirdan chiqariladigan bo'ldi. Hozirda bu boradagi ishlar faol tarzda olib borilmoqda. O'FAning suniy qoplamali maydonlariga zamonaviy yoritish uskunalari o'rnatilmoqda. Ushbu yoritish uskunalari 600 lyuks miqdorida yorug'lik tarqatib, kechki vaqtda ham bemalol futbol uchrashuvlarini o'tkazish uchun imkon beradi.

Tez orada “CHig'atoy”da ham UEFA Assist dasturi asosida yoritish tizimi to'laligicha kapital tamirdan chiqariladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика