Uchta xabar bittada: Kross va “Real” o'z rekordini yangilashdi, Peres esa Bernabeu bilan tenglashdi
12 fev 2023 08:05
Yangiliklar
Uchta xabar bittada: Kross va “Real” o'z rekordini yangilashdi, Peres esa Bernabeu bilan tenglashdi
Marokashda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi mundialning hal qiluvchi bahsida “Real” 5:3 natijasi bilan “Al Hilol”dan ustun keldi.
Madridliklar o'z tarixida beshinchi marotaba (2014, 2016, 2017, 2018, 2023) ushbu musobaqada g'olib bo'lib, o'z rekordini yangiladi. Eng yaqin taqibchi “Barselona”da 3 ta titul bor.
SHuningdek, Toni Kross “Real” va “Bavariya”dagi faoliyati orqali klublar o'rtasidagi mundialdagi titullarini 6 taga etkazdi va u ham o'z rekordini yangilab qo'ydi. Xavbek bundan oldin 2018, 2017, 2016 i 2014 hamda 2013 yillar musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgandi.
“Qaymoqranglilar” rahbari Florentino Peres esa “Real” boshqaruvidagi titullari sonini 31 taga etkazib, bu borada rekordchi hisoblangan afsonaviy Santyago Bernabeu bilan tenglashdi. Endilikda ular madridliklar tarixida eng ko'p sovringa ega chiqqan prezidentlar hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar