So’nggi yangiliklar

14:51Расман: "Локомотив" россиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  1 14:25Мундиал тарихи. Ялангоёқ ҳиндларга тақиқ, авиаҳалокат, очилиш ўйинига кечиккан ҳакамлар ҳамда стадиондаги 200 минг кишини йиғлатган финал ҳақида ҳикоя қиламиз  0 14:04Манба: Майкл Кэррик — МЮ янги устози  3 13:48Равшан Ҳайдаров: "Бугунги ўйинда ҳамма нарса муҳим"  7 13:30Расман: Мухторов "Бухоро" футболчисига айланди  0 13:08"Бухоро" Туркияга йўл олади: таркибда легионерлар бор  0 12:50Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Корея U-23, "Ман Сити" сафарда ва бошқалар  0 12:36U-23 Осиё Кубоги. Дуранг ҳам қониқтирмаслиги мумкин: гуруҳимиздаги вазият ҳақида  19 12:30"Пахтакор" Назаров, Ресан ва бошқалар билан ҳамкорликни давом эттиради  3 12:09Расман: Роман Санжар — "Нефтчи" ёшлар жамоаси устози  1 11:48"У ўзгача ўйинчи, Топ трансфер". Пеп Гвардиола Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  13 11:25Ўзбекистон МТЖнинг январь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар маълум  11 10:57Англия терма жамоаси футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 10:30Бугун "Барселона" қишки трансфер ойнасидаги илк футболчини таништиради  7 10:05Мбаппе Алонсонинг кетиши биринчи бўлиб муносабат билдирди  22

Uchta o'yinda 14:1, saudiyaliklar foydasiga. OCHL Elit kubogi Saudiyada qoladimi? Yangiliklar

Uchta o'yinda 14:1, saudiyaliklar foydasiga. OCHL Elit kubogi Saudiyada qoladimi?

Teglar :  Al AhliAl Hilol
Markazlashgan tartibdagi Elit Osiyo chempionlar Ligasining chorak final o'yinlari to'liq Saudiya Arabistoni klublari ustunligida kechdi.

Bemalol aytish mumkin, Saudiya chempionati ham kuchliligi, ham tomoshabopligi bo'yicha qitada etakchi o'ringa ko'tarilib oldi. Avvallari Yaponiya chempionati ko'p tilga olinardi, keyingi o'rinda Janubiy Koreya, Eron ligalari etirof etilgan bo'lsa, endilikda juda ko'pchilik Saudiya chempionatini birinchi o'ringa qo'ymoqda va Saudiya Proligasi hatto Evropaning ayrim davlatlariga pulli tanslyaciya qilinmoqda.

Elit OCHLda bugun yarim finalning ilk uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ungacha chorak finalda qayd etilgan natijalarni yana bir karra eslab o'tsak. 

"Al Hilol" - "Gvangju FK" 7:0

"Al Ahli" - "Buriram Yunayted" 3:0

"Yokogama Marinos" - "Al Nassr" 1:4

"Kavasaki Frontale" - "Al Sadd" 3:2

OCHL Elit chorak finalga Saudiyaning uchta klubi chiqqan bo'lsa, har uchalasi yirik hisobda g'alaba qozondi. Ayniqsa mamlakat grandi "Al Hilol" Janubiy Koreyaning "Gvangju FK" klubiga umuman imkon qoldirmay 7:0 hisobida zafar quchdi. 48 ming muxlis kuzatib borgan "Qirol Abdulloh" stadionida kechgan bahs to'liq saudiyaliklar ustunligi ostida o'tdi. 

O'yinda Milinkovich-Savich, Markos Leonardo, Salim Al Dovsari, Aleksandr Mitrovich, Malkom, Nosir Al Dovsari va Abdulloh Al Hamdan tomonidan kiritilgan gollar "Al Hilol"ga 7:0ni taqdim etdi. Etiborlisi, bu o'yinda hech kim dubl yoki xet-trik qilmadi.

Ertasi kun shu stadionda "Al Ahli" Tailandning "Buriram Yunayted" klubini qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi. O'yinda Riyad Mahrez tezkor gol kiritib hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o'tib Galeno hisobni 2:0 ko'rinishga keltirdi. 30-daqiqada urilgan Roberto Firminoning goli esa yana bir yirik g'alabani taminladi.

Yaponiyaning "Yokogama Marinos" klubiga qarshi bahs olib borgan "Al Nassr" ham o'z o'yinini yirik g'alaba bilan tamomladi. Jon Duran ikkita to'p kiritgan uchrashuvda Sadio Mane bilan Krishtianu Ronaldu o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'ydi. Yaponiyaliklar "Al Nassr"ning to'rtta goliga faqat bir marta javob bera olishdi.

Шunday qilib chorak finalga chiqqan Saudiyaning uchala klubi ham dastlabki vazifani uddalab yarim finalga yo'l oldi. Qizig'i shundaki, uchta o'yinni qo'shib hisoblaganda Saudiya jamoalari 14:1 hisobida g'alaba qozondi. Bunga faktorlar etarlicha. Birinchidan, barcha uchrashuvlar Saudiya Arabistonida o'tkazilyapti. Ikkinchidan, Saudiya klublari shundoq ham Osiyoda kuchli bo'lib oldi. Agar avvalgi tizim qolib uy-mehmon shaklida o'tkazilganida bunday yirik hisoblar qayd etilmasligi ham mumkin edi.


Bugun OCHL Elitda yarim finalning ilk uchrashuvi o'ynaladi. Toshkent vaqti bilan soat 21:30da "Al Ahli" va "Al Hilol" o'rtasidagi bahs start oladi. Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi ertaga "Al Nassr" va Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu o'yin ham 21:30ga belgilangan.

Murabbiylar fikri

Bugungi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa ustozlari o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Jorje Jezus ("Al Hilol" bosh murabbiyi): - Ikkita buyuk jamoa to'qnash kelmoqda. Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. Tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'ldi. O'ylaymanki, o'yin juda yuqori suratda kechadi. Bor kuchimizni ishga solsak, yutishimizga ishonaman. Biz hech narsani o'zgartirmaymiz. Faqat Joao Kanseluning jarohat olib safdan chiqqani chatoq bo'ldi. Шifokorlarimiz uning 4-6 hafta o'ynay olmasligini aytishdi. Boshqa hech qanday muammo yo'q.

Mattias Jessli ("Al Ahli") bosh murabbiyi: - Raqibni juda yaxshi bilamiz va hurmat qilamiz. "Al Hilol" oxirgi uch yildan beri kuchli o'yin namoyish etib kelmoqda. Lekin men ham o'z jamoam o'yinidan qoniqyapman. Jidda bizning shahrimiz va bu erda muxlislarimiz nihoyatda ko'p. Bu ham bizga ustunlik berishi mumkin. O'ylashimcha, o'yin taqdirini mayda detallar hal qiladi. Fevral oyida "Al Hilol"ni mag'lub etgandik, buni yana takrorlay     olishimizga ishonaman.

1/2 final. 29 aprel. 21:30. "Qirol Abdulloh" stadioni

"Al Hilol" - "Al Ahli"

Bosh hakam: Adham Maxadmeh (Iordaniya)

1/2 final. 30 aprel. 21:30. "Qirol Abdulloh" stadioni

"Al Nassr" - "Kavasaki Frontale"

Bosh hakam: Alirizo Fag'oniy (Avstraliya)


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика