"Uchrashuvlarning barchasi suniy maydonda o'tadi" - Nigora Abidova
05 noy 2021 13:43
Yangiliklar
"Uchrashuvlarning barchasi suniy maydonda o'tadi" - Nigora Abidova
Jamoa 3 noyabr kuni musobaqaga yo'l olishi haqida xabar bergan edik. O'zPFL matbuot xizmati rahbari Nigora Abidova ham ayni paytda jamoa bilan birga. Undan Iordaniyadagi muhit haqida malumot oldik.

"Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati CHempionlar ligasining pilot versiyasi, desa xam bo'ladi. 2-bor o'tkazilayotgan musobaqaga Iordaniyaning janubida joylashgan Aqaba shahri mezbonlik qilyapti. "Bunyodkor-W" bu erga Toshkent-Istanbul-Amman-Aqaba yunalishida etib keldi.

Turnirda ishtirok etayotgan jamoalarning barchasi (4) "Oryx Hotel Aqaba"da istiqomat qilyapti.

Kecha — 4 noyabr kuni Elmira Gulamova boshchiligidagi "Bunyodkor-W" dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi.

Qizlarda kayfiyat alo darajada. SHuningdek, Uchrashuvlarning barchasi suniy qoplamali maydonda bo'lib o'tishini ham alohida takidlash kerak.

"Bunyodkor-W" chempionlik yo'lida "Sri Gokulam Kerala" (Hindiston), "SHahrdari Sirjan" (Eron) va "Amman klub" (Iordaniya) jamoalari bilan kuch sinashadi", — deydi Nigora Abidova.
M. Kushbakova suhbatlashdi
foto: "Bunyodkor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar