So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  8 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

U hali qaytadi… Yangiliklar

U hali qaytadi…

Teglar :  Zinedin Zidan
Butun umr unga boringni berasanku, ammo ketish vaqti etganda ikki yo'l aro tanho - sen va u qolasan.

Butun umr unga boringni berasanku, ammo ketish vaqti etganda ikki yo'l aro tanho — sen va u qolasan. SHunda u senga qo'l silkiydida ortga qaramay olg'a yuradi, shunda sen lash-lushingni yig'ishtiradigan vaqting kelganini anglaysan. Ammo shunday futbol maestrolari borki, ular hech qachon vaqtga o'zib ketish imkonini bermaydi. Ular qachon boshlash va ketish lozim ekanligini sizu bizdanda yaxshi anglaydi. Maestro Zidan ham shundaylardan. Bugun Zidanning qanday futbolchi bo'lganligi haqida gapirmoqchi emasman. Bu haqida soatlab, oylab, kerak bo'lsa yillab gapirish mumkin. Hozirgi yozg'ichlarimga esa uning murabbiylik faoliyati sababchi.


Joze Mourino — ko'pchilik uni kalandimog'lik va xudbinlikda ayblaydi. Balki, to'g'ridir. Ammo men uni zamonaviy futbolning eng kuchli bilimdonlaridan deb bilishimni yashirmayman. Joze — ishoning, chinakam sabrning namunasi. U tilmoch (tarjimon)likdan bosh murabbiylikkacha chiqqanini zukko muxlislar yaxshi biladi. Hammaning ham u bosib o'tgan yo'ldan yurishga sabri etmaydi.



Xosep Gvardiola — bazilar uni transferlar uchun ko'p pul sarf etishda, kichik klublarni boshqarishdan qo'rqishda aybsitadi. Ehtimol, haqiqatdir. Biroq kamina uni yangi asrdagi eng aqlli murabbiylardan biri deb hisoblaydi. Kichik klublarda ishlamasligi uning qo'rqoqligidan emas. Pepga erishish uchun kichik klublar emas, balki katta klublar navbatda turadi. Xo'sh, u nima qilsin? «Man Siti» superklub bo'lishni ko'zlab turganini bilgan holda, har yili ligada jonini saqlab qolish uchun kurashadigan «Kristal Pelas»ga murabbiy bo'lsinmi? Yo'q, kechirasiz, siz javobni yaxshi angladingiz. SHuning uchun ham uni hurmat qilaman.


Zinedin Zidan — bu nomni bilmagan inson ishonavering, shaxmatning ashaddiy muxlisi. Jozeni sabr namunasi sifatida, Pepni aql, bilim timsoli sifatida ko'rsam, Zidan umuman ularga o'xshamaydi. U Jozedan ham sabrli. Buning uchun uning murabbiylik faoliyati boshlanishiga nazar soling. Dastlab klub prezidenti yordamchisi, so'ngra klub direktori, jamoa akademiyasi murabbiyi, «Real Kastilya» murabbiyi, Karlo Anchelottining yordamchisi va nihoyat «Real Madrid» bosh murabbiyi. Futboldagi sabrga namuna kim desa, ikkilanmasdan Zidanni ko'rsating. Zidanni bilimiga ishonmaysizmi, taktikasiga hammi? Kechirasiz, siz shaxmatni ham tushunmas ekansiz! U 2,5 yilda hammasini isbotlab qo'ydi. Ronaldudek «Oltin to'p»lari bisyor futbolchini kim zaxiraga o'tqaza olishi mumkin!? Albatta, Zizu. U shunday ruhshunoski, har qanday jahon yulduzi bilan tillasha oladi. Iskodek erkatoy futbolchini jamoada o'z o'rnini topishiga, uni o'z kuchiga ishontira olgan insonni tariflashdan to'xtamaslik mumkin. Biroq bugunga etarli!

Bugungi qarori bilan u yana bir bor buyuk inson va buyuk murabbiy ekanligini isbotladi. Ha, u ketdi. Ketganda ham «Real»ni hammadan bir bosh baland qilib ketdi. Ketganda ham hammani hayron qoldirib ketdi. Lekin u hali qaytadi. Qaytganda ham yana hammani hayron qoldirib qaytadi

Muallif :
Reyting: +83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика