So’nggi yangiliklar

00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  0 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  7 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5

U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Janubiy Koreya ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Janubiy Koreya ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada kurash Olimpiada yo'llanmasi uchun kechadi va kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi. Biz bilan bir guruhda kurash olib boradigan Janubiy Koreya shu kunlarda Seulda mashg'ulot o'tkazyapti. Terma jamoa bosh murabbiyi Kim Xak Bum kecha musobaqada qatnashadigan futbolchilar ro'yxatini malum qildi. 

Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi shu haftaning shanba kuni mashg'ulotlarni davom ettirish maqsadida Malayziyaga yo'l oladi. Malayziyadagi yig'in chog'ida raqibimiz Saudiya Arabistoni va Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Saudiya Arabistoniga qarshi bahs 31 dekabr, Avstraliya bilan o'yin esa 3 yanvarga belgilangan. 

Janubiy Koreya olimpiyachilari U-23 Osiyo chempionatidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Xitoyga qarshi o'tkazishadi. O'zbekiston - Janubiy Koreya bellashuvi esa 15 yanvarda bo'lib o'tadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика