U-23 Osiyo chempionati. Yaponiya dastlabki ishtirokchi
29 okt 2021 13:46
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati. Yaponiya dastlabki ishtirokchi
Xabaringiz bor, 2022 yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Hozir Osiyo qitasi bo'ylab mazkur musobaqaga saralash o'tkazilmoqda. "K" guruhida o'z uchrashuvlarini o'tkazgan Yaponiya har ikkala bahsda g'alaba qozonib, kelasi yil O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo chempionatining dastlabki ishtirokchisiga aylandi.
Yaponlar dastlab Kambodja, so'ngra Gonkongni bir xil 4:0 hisobida mag'lub etishdi. Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo chempionati saralashida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi konkursdan tashqari qatnashyapti. Timur Kapadze shogirdlari ertaga "Paxtakor" stadionida Bangladeshga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuv 15:00da start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar