So’nggi yangiliklar

10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  2 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  5 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  13 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  13 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  4 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  9 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  13 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  14 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  7 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  2 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3

U-23 Osiyo chempionati. Esda qolgan 5 o'yin Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. Esda qolgan 5 o'yin

Navbatdagi U-23 Osiyo chempionati oldidan shu paytgacha o'tkazilgan uchta musobaqadagi esda qolgan o'yinlarni yodga olamiz.

Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda hisob bo'yicha to'rtinchi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bu musobaqaning biz uchun ikkita asosiy qiziq jihati bor. 

Birinchisi, Tailandga amaldagi chempion sifatida yo'l olamiz va chempionlikni himoya qilishga harakat qilamiz. Ikkinchisi, navbatdagi musobaqa Olimpiada o'yinlariga yo'llanma berish uchun o'tkaziladi va turnir yakunida kuchli uchlikka kirgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'l oladi. 

SHu paytgacha ushbu musobaqa uch marta (2014, 2016, 2018) o'tkazilgan bo'lib, quyida uchta musobaqadagi eng ko'p yodda qolgan o'yinlarni keltirib o'tamiz. 

Yaponiya - Eron 3:3 (2014 yil, guruh bosqichi) 

Ummon poytaxtida bo'lib o'tgan Yaponiya - Eron qarama-qarshiligi keskin kurashlarga boy bo'lgandi. Bahs 3:3 hisobida yakun topgan. Qizig'i shundaki, mana shu o'yinda gol urgan futbolchilar keyinchalik Osiyo darajasida yulduz bo'lib chiqishdi. 

Yaponiyalik Takuma Asano faoliyatini “SHtutgart”da davom ettirgan bo'lsa, eronlik Kaveh Rizoyi milliy terma jamoadan joy oldi. SHoya Nakajima esa “Portu” bilan shartnoma imzoladi.

 

Qatar - Iroq 1:2 (2016 yil, 3-o'rin uchun bahs)

2016 yil Qatarda o'tkazilgan musobaqada mezbonlar finalga chiqa olishmadi, biroq uchinchi o'rin uchun bahsda ishtirok etishdi. Lekin bu o'yinda Iroqning qo'li baland kelib 2:1 hisobida zafar quchadi. 

Bu mavsum Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Akram Afif mana shu o'yinda o'zini ko'rsatib, biroq uning jamoasi g'alaba qozona olmagandi. Natijada Iroq uchinchi o'rin bilan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi.

 

Yaponiya - Janubiy Koreya 3:2 (2016 yil, final)

2014 yil o'tkazilgan birinchi musobaqa finalida ikkita G'arb jamoasi o'zaro to'qnash kelgan bo'lsa, oradan ikki yil o'tib ikkita SHarq vakili finalda bir-biriga qarshi bahs olib borgan. 

Yaponiya va Janubiy Koreya o'rtasidagi final gollarga boy bo'ladi va bunda “samuraylar” 3:2 hisobida zafar quchishadi. Bu uchrashuvda ham Takuma Asano o'zini ko'rsata olgan. SHuningdek, Naomichi Ueda ham jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shgan.

 


Iroq - Vetnam 3:3 (penaltilar seriyasi 3:5. 2018 yil, chorak final)

2018 yilgi musobaqada Vetnam musobaqaning haqiqiy kashfiyoti bo'lgandi. Vetnamliklar birin-ketin raqiblarini ortda qoldirgan holda finalga qadar etib kelishadi. CHorak finalda Iroqqa qarshi bahs 3:3 hisobida yakun topib, penaltilar seriyasida Vetnam barcha zarbalarni aniq amalga oshirgan.

 

O'zbekiston - Vetnam 2:1 (2018 yil, final)

Musobaqa tarixidagi eng yaxshi 5ta o'yin qatoriga hech ikkilanmay O'zbekiston - Vetnam bahsini kiritsak bo'ladi. 2018 yil o'tkazilgan musobaqa finalida Rustam Ashurmatov 8-daqiqadayoq hisobni ochgandi. Keyinchalik birinchi taym oxirlarida Nguen Kuang Xai jarimadan gol urib hisobni tenglashtirgan. 

Agar shu o'yinda zaxiradan tushgan Sidorov 120-daqiqada g'alaba to'pini kiritmaganida, bilmadik penaltilar seriyasida nima ro'y berardi. CHunki Vetnam bungacha ketma-ket ikkita bosqichdan aynan lotereyalar bahsidagi omad sabab o'tib kelgandi. Hartugul Sidorov jamoamiz joniga oro kirib hech kim kutmaganda gol urib vakillarimizga bosh sovrinni taqdim etadi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика