U-20 Osiyo Kubogi. Yarim final bahslaridan oldin kim to'purarlik qilmoqda?
13 mar 2023 08:45
Yangiliklar
U-20 Osiyo Kubogi. Yarim final bahslaridan oldin kim to'purarlik qilmoqda?
15 mart kuni mezbonlar yarim finalda Janubiy Koreya bilan bahs olib borsa, boshqa juftlikda Iroq – Yaponiya uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Musobaqaning ayni vaqtdagi to'purarlarini eslab o'tamiz:
1. Naoki Kumata (Yaponiya) – 4 ta gol;
2. Jin Yang Son (J.Koreya) – 3 ta gol;
3. Bernardo Oliveyra, Gabriel Popovich, Adrian Segechich (barchasi Avstraliya), Mutallip Iminqori (Xitoy), Haydar Abdulkarim (Iroq), Karyu Matsuki, Isa Sakamoto (ikkisi Yaponiya), Kan Son Jin, Kim Yong Hak (ikkisi Janubiy Koreya), Nguen Kuok Vet (Vetnam) – 2 tadan gol.
O'zbekiston termasi esa musobaqada 4 ta gol urdi. Ulardan biri avtogol sifatida yozilgan bo'lsa, qolganlariga Abbosbek Fayzullaev, Po'latxo'ja Xoldorxonov hamda Zafarmurod Abdurahmatov mualliflik qildi.
Ravshan Haydarov shogirdlari turnirda eng ko'p gol urayotgan ishtirokchi – Avstraliyani (13 ta) chorak finalda qoldirib ketdi. Joriy musobaqada gol urish bo'yicha keyingi o'rinda Yaponiya hamda Janubiy Koreya (9 tadan) bormoqda. Iroqda esa bu ko'rsatkich 4 taga teng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar