So’nggi yangiliklar

02:30Ла Лига. ​"Атлетико" "Райо Вальекано"га қарши ўйинда камбэк амалга ошириб, ғалаба қозонди. Альваресдан феноменал ўйин  1 02:14Европа лигаси. "Рома" ғалабага эришди, "Бетис" ва "Ноттингем" муроса кўчасини танлашди, "Фенербаҳче" эса ютқазди  0 01:55Англия лига кубоги. "Манчестер Сити", "Арсенал", "Тоттенхэм ва "Ньюкасл" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 00:54"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси рўйхатига киритади. УЕФА қоидаларга ўзгартириш киритган  0 00:35Руни: "Одамлар Месси кучлироқ деганим учун мени Роналдуни ёмон кўради деб ўйлашади"  3 00:03УЕФА Исроилни четлатмайди. Бу масала кун тартибидан олиб ташланди  12 23:35ФИФА Жаҳон чемпионати иштирокчилари сонини оширмайдиган бўлди  2 22:49Айбек Нурбаев: "Олимпик MobiUz"ни яхши ўрганган эдик"  3 22:22Янги мавсумдаги илк "Эл Класико"нинг бошланиш вақти ва санаси аниқ!  1 22:06Футзал. Ўзбекистон мағлуб бўлди, лекин Осиё чемпионатига чиқди  9 21:45Алонсо ва Флик – Ла Лигада сентябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга номзод  5 21:25Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қирғизистонга имкониятни бой берди  34 20:54Рио Фердинанд: "Руни – АПЛ тарихидаги энг мукаммал ҳужумчи. Йиртқични Кейн, Ширер ёки бошқалар билан солиштирманг"  5 20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  7

U-20 Osiyo kubogi. Ravshan Haydarov uchun bajarib bo'lmas missiya emas yoxud 2014 yilni yodga olamiz Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Ravshan Haydarov uchun bajarib bo'lmas missiya emas yoxud 2014 yilni yodga olamiz

O'zbekiston U-20 terma jamoasi oldida masuliyatli vazifa turibdi.

Bu ishni bajarish cheki Ravshan Haydarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi zimmasiga yuklatilgan. Futbolimizda shunday davr bo'ldiki, 2008-2016 yillar oralig'ida turli yoshdagi terma jamoalarimiz muntazam Jahon chempionatlarida qatnashib keldi, qita turnirlarida yaxshi o'rinlarni egallab kelishgan. Keyingi davr yani futbolimizda revolyuciya boshlangach bu jarayon ham to'xtab qoldi. Bu haqida gapirsak gap xaltasi ochilib ketadi. Aytmoqchimanki, U-20 terma jamoamizning Jahon chempionatiga yo'llanma olishi va musobaqada yaxshi o'rinni egallashi to'xtab qolgan jarayonni yana oldinga siljitadi. Ravshan Haydarov bu vazifani avval ham bajarishni uddasidan chiqqan. 


2014 yil o'sha vaqtdagi O'zbekiston U-19 terma jamoasida murabbiylar qo'nimsizligi kuzatiladi. Aleksey Evstafeev, Sergey Lushchan, Ilhom Mo'minjonov (Armanistondagi turnirga olib borgan) va musobaqaga 4 oy qolganda "Dinamo" ustozi Ravshan Haydarov tayinlanadi. Keyingi yil Yangi Zellandiyadagi mundialga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan terma jamoa oldida tayyorgarlik uchun qisqa vaqt qolgandi. 


"B" guruhi

1-tur

O'zbekiston - Indoneziya 3:1

Gollar: Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O'rinboev, Otabek SHukurov - Paulo Oktavianus Sittangang

O'zbekiston: Dilshod Hamroev, Otabek SHukurov, Javohir Sohibov, Odiljon Hamrobekov (Ibrohim Abdullaev), Bobir Davlatov (Javohir Sidiqov), Firdavs Abdusalimov, Dostonbek Tursunov, Xurshid G'iyosov, Dostonbek Hamdamov, Eldor SHomurodov (Mirjamol Qosimov), Zabihillo O'rinboev

Guruh bosqichida Indoneziya sinovidan qiyinchiliksiz o'tgan vakillarimiz ikkinchi turda nisbatan jiddiyroq, har bir yoshda xavf tug'diradigan BAA bilan to'qnash keladi. Bu pallada Ravshan Haydarov oldida jiddiy muammo Odiljon Hamrobekovning jarohati jiddiy bo'lib chiqadi. Uchrashuvda ustunlikka ega bo'lgan terma jamoamiz hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda gol o'tkazib 2:2 hisobida durangga imzo chekishadi.

2-tur

BAA - O'zbekiston 2:2

Gollar: Eldor SHomurodov, Zabihillo O'rinboev - Abdalla G'anim, Ahmad Mohamed

O'zbekiston: Dilshod Hamroev, Firdavs Abdusalimov, Doston Tursunov, Xurshid G'iyosov, Akramjon Komilov, Javohir Sohibov, Otabek SHukurov, Ibrohim Abdullaev, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov), Eldor SHomurodov (Jamshid Boltaboev), Zabihillo O'rinboev (Asliddin Abdiev)

So'nggi tur oldidan guruhda qaltis vaziyat yuzaga kelgandi. Avstraliya, O'zbekiston, BAAda ham 4 ochkodan. BAA Indoneziyani yirik 4:1 hisobida engadi, O'zbekiston Avstraliya bilan 1:1 natijasi bilan murosa ko'chasini tanlaydi. 

CHorak final

O'zbekiston - Tailand 2:1

Gollar: Zabihillo O'rinboev 6,20 - CHenrop 48

O'zbekiston: Dilshod Hamroev, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Ibrohim Abdullaev, Otabek SHukurov, Jamshid Boltaboev, Javohir Sidiqov, Xurshid G'iyosov, Eldor SHomurodov, Asliddin Abdiev (Doston Hamdamov), Zabihillo O'rinboev (Mirjamol Qosimov)


Yarim final

SHimoliy Koreya - O'zbekiston 5:0

Gollar: Jo Kvang Myong (xet-trik), Kim Su Yong, So Jong Xyok

O'zbekiston: Dilshod Hamroev, Firdavs Abdusalimov (Sardor Azimov), Doston Tursunov, Ibrohim Abdullaev, Otabek SHukurov, Javohir Sohibov, Jamshid Boltaboev, Zabihillo O'rinboev, Eldor SHomurodov, Xurshid G'iyosov (Odil Hamrobekov), Asliddin Abdiev (Doston Hamdamov)


CHorak finalda Tailand bilan kuch sinashgan O'zbekiston qiyinchilik bilan g'alaba qozonib yarim final va Jahon chempionati yo'llanmasini hal qiladi. Yarim finalda esa futbolchilarning xotirjamlikka berilishi oqibatida SHimoliy Koreyaga yirik 0:5 hisobida imkoniyatni boy beradi. SHunga qaramay Ravshan Haydarov kichik muddatda yaxshi jamoa tuzib natija ko'rsatgandi. Keyingi yillarda bu terma jamoa azolari yanada shakllanib 2018 yil Xitoydagi qorli final qahramoniga aylanishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика