U-20 JCH. Isroil bosh murabbiyi O'zbekiston haqida fikr bildirdi
30 may 2023 19:51
Yangiliklar
U-20 JCH. Isroil bosh murabbiyi O'zbekiston haqida fikr bildirdi
Isroil yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ofir Haim U-20 jahon chempionati doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekiston, odatda, besh nafar himoyachi bilan harakat qiladigan jamoa hisoblanadi va avvalgi raqiblarimizdan farq qiladi. Biz ularga qarshi taktik tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. O'zbekiston Osiyo chempioni sanaladi, ular kuchli jamoa va bo'lajak bahs qiyin o'tishi tabiiy. G'alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Bizni 1:0 hisobidagi g'alaba ham qoniqtiradi", dedi 48 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Isroil o'rtasidagi 1/8 final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 31 mayga o'tar kechasi 02:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar