So’nggi yangiliklar

10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  1 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  35 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  12 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3

U-19 Osiyo chempionati uchun O'FA 14 milliard so'mdan ziyod pul sarflaydi Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionati uchun O'FA 14 milliard so'mdan ziyod pul sarflaydi

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga (#365-f, 12.08.2020y) binoan, futbol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi (U-19) Osiyo chempionatining final bosqichi 2020 yil 14-31 oktyabr kunlari quyidagi stadionlarda bo'lib o'tadi:

Toshkent shahridagi “Bunyodkor”, “Lokomotiv” o'yingohlarida;
Namangan shahridagi “Navbahor” o'yingohida;
 Olmaliq shahridagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” o'yingohida.


Musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduxakimov boshchiligida tashkiliy qo'mita tarkibi tasdiqlandi.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilarni kuzatib borish uchun chet tillarini mukammal biladigan ko'ngilli talabalar jalb etiladi.

Turnirni tashkil etish va o'tkazish uchun O'zbekiston futbol associaciyasi mablag'lari hisobidan 14 mlrd 642 mln so'm ajratilishi belgilandi.

Eslatib o'tamiz, U-19 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakatning yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. O'zbekiston “A” guruhida Eron, Indoneziya va Kamboja bilan kuch sinashadi.

Mazkur musobaqa o'z navbatida 2021 yili Indoneziyada bo'ladigan U-20 Jahon chempionatiga saralash turniri ham hisoblanadi. Unga ko'ra, mezbon Indoneziyadan tashqari yana 4 ta Osiyo davlati O'zbekistonda bo'ladigan musobaqa yakunida malum bo'ladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика