So’nggi yangiliklar

14:02"Қизилқум" — "Андижон". Таркиблар маълум  0 13:32Про лига. "Арал" — "Локомотив" ва "Олимпик Mobiuz" — "Жайхун" ўйини учун таркиблар маълум  2 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  6 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  61 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  16 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  5 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0

U-19 chempionatining yangi mavsumiga qura tashlandi. Avvalgi mavsumlarda qaysi jamoa yoshlari muvaffaqiyatli natijaga erishgan? Yangiliklar

U-19 chempionatining yangi mavsumiga qura tashlandi. Avvalgi mavsumlarda qaysi jamoa yoshlari muvaffaqiyatli natijaga erishgan?

Teglar :  U-19 chempionati
Bugun U-19 chempionatining yangi mavsumiga qura tashlandi.

Quraga ko'ra, quyidagi jamoalar dastlabki turda o'zaro ro'baro' kelishadi.

Yangi mavsum avvalida ushbu yosh toifasida o'tkazilgan musobaqa tarixini yodga olishga qaror qildik.

2018 yilda ilk bor 18 yoshgacha bo'lgan toifada tashkil etilgan turnir qiziqarli bellashuvlarga boy bo'ldi. 12 ta klub ikki davra davomida kurash olib bordi va yakunda Qarshining "Nasaf" klubi U-18 chempionatining dastlabki g'olibiga aylandi. Qarshiliklar 22 o'yinda 50 ochko jamg'ardi. Ulardan bir ochko kam to'plagan "Navbahor" yoshlari kumush medal sohibiga aylandi. Farg'onaning "Neftchi" jamoasi yoshlari esa bronza medallariga ega chiqdi.

U-18 MUSOBAQA JADVALI:

  JAMOA

 O'

 YU

 D

 M

 TN

 O

 NASAF

 22

 16

 2

 4

 75-20

 50

 NAVBAHOR

 22

 16

 1

 5

 54-39

 49

 NEFTCHI

 22

 15

 2

 5

 54-38

 47

 PAXTAKOR 

 22

 14

 3

 5

 51-22

 45

 LOKOMOTIV 

 22

 12

 2

 8

 75-50

 38

 BUNYODKOR 

 22

 11

 3

 8

 43-36

 36

 METALLURG 

 22

 9

 4

 9

 41-38

 31

 SO'G'DIYONA

 22

 6

 3

 13

 20-58

 21

 QIZILQUM 

 22

 5

 3

 14

 35-68

 18

 AGMK   

 22

 5

 3

 14

 24-47

 18

 QO'QON-1912

 22

 4

 2

 16

 22-53

 14

 BUXORO

 22

 3

 4

 15

 23-49

 13


Oradan bir yil o'tib, yosh "ajdarlar" yana chempionlikni o'z qo'lida saqlab qola oldi. Olimpiya tizimida o'tgan musobaqada yana namanganliklar 2-o'rin bilan kifoyalanishdi. Finalda "Navbahor" yoshlarida qarshiliklarga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 3-o'rin uchun kechgan bellashuvda esa "CHig'atoy" klubi penaltilar seriyasiga ko'ra "Bunyodkor"ni mag'lub etdi (2:2, penaltilar seriyasi — 4:3).

2020 yilgi mavsumda "Nasaf" xet-trikka erishdi. Pandemiya sababli bir davra davom etgan musobaqada qarshiliklarga qarshilik qiladigan klub topilmaydi. Taqdirni qarangki, "Navbahor" ham ikkinchi o'rin borasida xet-trikni qayd etdi. Namanganliklar chempiondan 1 ochko ortda qoldi. Uchinchi o'rin esa "Lokomotiv" yoshlariga nasib etdi. Turnir davomida 13 o'yinda 10 ta gol bilan "Paxtakor" o'yinchisi Botir Irismetov to'purar bo'ldi.

Avvalgi mavsumida 14 ta klub qatnashgan bo'lsa, 2021 yil jamoalar soni 24 taga etdi. Nihoyat, chempion ham o'zgardi. Farg'onaning "Neftchi" klubi 55 ochko bilan musobaqada zafar quchdi. "Paxtakor" ikkinchi, "Navbahor" bu gal uchinchi o'rin bilan kifoyalandi. "Nasaf" esa kuchli uchlikdan joy ololmadi. "Navbahor" o'yinchisi Asadbek Jo'raboev 21 gol bilan to'purarga aylandi.

2022 yil 19 yosh toifasida o'tkazila boshlagan turnirda "Navbahor" yoshlari ilk chempionligini qo'lga kiritdi. Namanganliklar 22 uchrashuvda 49 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. "Paxtakor" ketma-ket ikkinchi marta kumush medal sohibiga aylangan bo'lsa, "Andijon" jamoasi kuchli uchlikni yakunladi. OKMK futbolchisi Bobur Abdurahmonov 16 ta gol bilan to'purarlar reytingida eng yuqori natijani qayd etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика