So’nggi yangiliklar

19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  0 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  3 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  15 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1

U-17 JCH. Mundialda gol o'tkazmayotgan Evropa vice-chempioni haqida nimalarni bilish lozim? Yangiliklar

U-17 JCH. Mundialda gol o'tkazmayotgan Evropa vice-chempioni haqida nimalarni bilish lozim?

Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 jahon chempionati doirasida nimchorak final uchrashuvini o'tkazadi.

Jahon chempionatlaridagi ishtirok

Franciyalik o'smirlar sakkizinchi marotaba o'z yosh toifasidagi mundialda ishtirok etmoqda. "Temir xonim" qad rostlagan mamlakat vakillari 2001 yil Trinidad va Tobago yashil maydonlarida o'tkazilgan turnirda shohsupaga ko'tarilishgan. So'nggi musobaqada esa uchinchi o'rin sohibiga aylangan.

Saralash bosqichi

Franciya Evropa chempionati orqali mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan besh jamoadan biri bo'ldi. Guruh bosqichida SHotlandiya (3:1), Germaniya (1:3), Portugaliya (1:1) bilan qarama-qarshilikda 2-o'rinni egallagan francuzlar chorak finalda Angliya (1:0), yarim finalda esa Ispaniya (3:1)ni taslim etdi. Qita turniri finalida esa Germaniya bilan asosiy vaqtda 0:0 hisobidagi durangni qayd etdi, biroq penaltilar seriyasida (4:5) imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Tarkib

Jan Lyuk Vannuki mundialga quyidagi futbolchilarni chaqirdi:

Darvozabonlar

ERGNI Pol (Gavr), NIFLOR Matis (Tuluza), VIEL Timote (Ayachcho).

Himoyachilar

TITI Ivann (Troya), SANGUI Nhoa (Reyms), MEUPIYU Bastien (Nant), KAY SANDA Yoaxim (Valansen), ZAGE Yoram (PSJ), SADI Aymen (Valansen), TCHAPCHET Artur (Reyms)

Yarim himoyachilar

FERRO Nolan (Strasburg), BUABRE Saymon (Monako), BUNEB Ismoil (Valansen), SILLA Fode (Lans), AMUGU Matis (Sent-Eten).

Hujumchilar

ISSUFU Yanis (Monpele), LAMBURD Matis (Renn), GOMIS Tidiam (Kan), DIALLO Tidian (Strasburg), BUSHENNA Muhammad-Amin (Klermont), TINKRES Joan (Monako).

Joriy musobaqadagi ishtirok

Ishtirokini "E" guruhidan boshlagan Franciya Burkina-Faso (3:0), Janubiy Koreya (1:0) va AQSH (3:0)ni mag'lub etib, peshqadam sifatida pley-offga yo'l oldi. Nimchorak finalda esa ular Senegal bilan 0:0 hisobi qayd etdi, biroq penaltilar seriyasiga ko'ra ustun keldi. SHuni takidlash joiz, O'zbekistonning bo'lajak raqibi hozirga qadar asosiy vaqt davomida o'z darvozasidan birorta to'p o'tkazib yubormadi.

O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Franciya U-17 murabbiyi qanday fikrda?

"O'zbekiston qanday o'yin namoyish etishini bilmayman. Ular biz uchun yangicha jamoa sanaladi. O'zbekiston Angliyani mag'lub etgan bo'lsa, bu ularning kuchli jamoa ekanligidan dalolat beradi. Bo'lajak raqibimiz ishtirokida o'yinlarni tomosha qilyapmiz. 

Senegalga qarshi o'yinda nazoratni qo'lga olganimizga qaramay, to'pni ko'p marotaba yo'qotdik. Keyingi bellashuvda bunday holatga yo'l qo'ymasligimiz shart. 

Uchrashuvda har qanaqa vaziyat bo'lishi mumkin. SHu bois, mashg'ulotlarda har qanday scenariydagi holatga tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Jan Lyuk Vannuki.

Eslatib o'tamiz, U-17 jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan Franciya — O'zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da start oladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика