So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  57 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  25 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  2 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   14 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

U-17 JCH. O'zbekiston Franciyaga kichik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi Yangiliklar

U-17 JCH. O'zbekiston Franciyaga kichik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi

U-17 Jahon chempionati chorak finalidan o'rin Franciya – O'zbekiston uchrashuvi boshlanmoqda.

U-17 JCH. 1/4 final

Franciya – O'zbekiston 1:0 (TUGADI)

Surakarta. "Manahan" stadioni. 13:30

Hakamlar: Dahane Beida (Mavritaniya), Dimbiniaina Andriatianarivelo (Madagaskar) va Jonatan Ahonto (Togo), Pere Atcho (Gabon)

VAR: Guzman Tatiana (Nikaragua)

AVAR: Dikerson Joe (AQSH) 

Gol: Ismoil Buneb 82

Franciya: 1.Pol Argni, 3.Nihoa Sangui, 4.Bastien Maepiyou, 5.Yoaxim Kayi Sanda, 6.Nolan Feppr, 8.Saymon Buabre (20.Matis Amugu,72) 10.Ismoil Buneb, 12.Yoram Zague, 17.Tidiane Diallo (2.Yavann Titi, 72) 18.Muhammad Amin Buchenna (11.Tidiam Gomis,46), 19.Yoan Tinkres (9.Matis Lamburde,  72)

Zaxira: 16.Matiys Niflore, 21.Timoti Viel, 13.Aymen Sadi, 15.Artur Tchapchet, 

O'zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Yahyo O'rinboev (4.Behruzjon Karimov, 64), 5.Azizbek To'lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzaev (s), 8.Behruz SHukurullaev (, 14.SHodiyor SHodiboev, 88), 9.Amirbek Saidov, 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollabergan Karimov, 19.SHerzod Abdulboriev ( 11.Quvonchbek Abraev, 88), 20.Dilshod Abdullaev (6.Ozodbek O'ktamov, 80)

Zaxira: 1.Jahongir Bo'riev, 12.Jahongir Mamatqulov, 2.Aminbek Yoqubov, 10.Abdulhamid Turg'unboev, 15.Ozodbek Ergashev, 18.Jasur Hikmatullaev.

Ogohlantirish: Behruz SHukurullaev (O'zbekiston) 21, Nihoa Sanguy (Franciya) 28, Behruz Karimov (O'zbekiston) 71, Tidiam Gomis (Franciya) 79

MATNLI TRANSLYACIYA

Tugadi. Yigitlarga katta rahmat. Borini bergani uchun rahmat. 

90+4. Sobirov birga bir vaziyatda to'pga chiqib kelib xavfli vaziyatni qaytardi. 

90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi. 

83. Himoyada tartibni ushlab turgan Dilshod Abdullaevni almashtirish xato edi. 

82. GOL. Franciya hisobni ochdi. Lamburde boshi bilan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Ismoil Buneb darvozaga yo'lladi. 

80. O'ZGARISH. O'zbekiston, Dilshod Abdullaev o'rniga Ozodbek O'ktamov tushdi. 

76. Suv ichib olish uchun tanaffus

71. OGOHLANTIRISH. Behruz Karimov, O'zbekiston

68. Afsuski golimiz hisobga olinmadi. VAR esa vaziyatlarni takroran aniq ko'rsatmadi. 

67. Amir Saidov birga bir vaziyatda gol urdi. Lekin hakamlar hisobga olmadi. VAR borku, VAR nima uchun chiqarilgan?

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL.YO'Q. 

64. O'ZGARISH. O'zbekiston, Yahyo O'rinboev o'rniga Behruz Karimov tushdi. 

62. ZARBAAA. Saidovda yana bir imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin o'yindan tashqari holatda qolgani ko'rindi. 

58. ZARBAAA. Laziz Mirzaevning uzatmasini Amir Saidov golga aylantira olmadi. Zarba noaniq. 

56. Franciya darvozamiz oldida keskinlik yaratishga harakat qildi.

46. O'ZGARISH. Franciya, Muhammad Buchenna o'rniga Tidiam Gomis tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45+3. ZARBAAAAAAAAAA. Lazizning uzatmasini Yahyo O'rinboev boshi bilan zarba yo'lladi. Franciyalik posbon zarbani qaytardi. Gol urish uchun o'yindagi eng xavfli vaziyatni biz yaratdik. 

45+2. ZARBA. Muhammad Buchenna jarima maydonchamiz ichida zarba yo'lladi. Noaniq. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Ikki jamoa ham darvozalarga aniq zarba yo'llashgani yo'q. Noaniq zarbalar soni 3/1

36. Yaxshi hujum tashkil qildik. Yakuniy zarba etishmadi. 

28. Jarima zarbasini Abdulboriev ijro etdi. Noaniq. 

27. OGOHLANTIRISH. Franciya, Nihoa Sangui,

26. Juda qulay nuqtada jarima zarbasi ishladik. Ajoyib. Lazizni nuqtasi. 

21. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Behruz SHukurullaev

20. To'p nazorati Franciya tomonida 70/30

17. ZARBA. Diallo markazda to'pni olib qo'yib katta tezlikda oldinga o'tdi. Uning bo'sh darvozani ishg'ol qilishiga Dilshod Abdullaev yo'l qo'ymadi. Balli Dilshod. 

15. Malumot uchun, O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi chorak final bo'lgan. Umid qilamizki, 

10. To'p nazorati Franciya tomonida. O'smirlarimiz esa himoyada ishonchli o'ynamoqda. 

6. Franciya oldinga o'tdi va zarbalar seriyasini amalga oshirishga urinib ko'rdi. Himoyachilarimiz o'z o'rnida. 

2. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng Franciya jarima maydonchasi ichida keskinlik yuzaga keltira oldik. 

2. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ilk daqiqalardan burchak zarbasini ishladi. 

O'yinga start berildi. 

Ikki jamoa mamlakatlari madhiyasi yangradi. Uchrashuvga barcha narsa shay. Biz ham tayyormiz. 

JONLI EFIR UCHUN HAVOLA

- Uchrashuv 13:30da start oladi. 

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика