So’nggi yangiliklar

21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  0 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  2 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  5 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  4 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  5 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  18 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1

U-17 JCH. Angliya haqida nimalarni bilish lozim? Yangiliklar

U-17 JCH. Angliya haqida nimalarni bilish lozim?

Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 jahon chempionati doirasida nimchorak final uchrashuvini o'tkazadi.

Jahon chempionatlaridagi ishtirok

Futbol vatani musobaqada ishtirok etish borasida maqtana olmaydi. Inglizlar uchun Indoneziyadagi turnir beshinchisi sanaladi. SHunga qaramay, evropaliklar 2017 yil Hindiston yashil maydonlarida o'tkazilgan jahon chempionati g'olibiga aylangan. O'sha musobaqaning "Oltin to'p"ini bugungi kunda "Manchester Siti" yulduzlaridan biriga aylangan Fil Foden qo'lga kiritgan.

Saralash bosqichi

Angliya Evropa chempionati orqali mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan besh jamoadan biri bo'ldi. Guruh bosqichida Xorvatiya (1:0), Niderlandiya (4:1) va SHveycariya (0:0) bilan qarama-qarshilikda 1-o'rinni egallagan angliyaliklar chorak finaldayoq Franciyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Biroq so'nggi yo'llanma uchun o'tish o'yinida SHveycariya (4:2) mag'lub etildi.

Tarkib

Rayan Garri mundialga quyidagi futbolchilarni chaqirdi:

Darvozabonlar

SETFORD Tommi (Ayaks, Niderlandiya), KURD Teddi (Xeshteg Yunayted), XERRIK Finli (Vest Hem).

Himoyachilar

ACHEMPONG Josh-Ko (CHelsi), Megma Joyden (Sautgempton), SEMYUEL LAKIL (Manchester Siti), Semyuels-Smit Ishe (CHelsi), Myurrey-Kempbell Xarrison (CHelsi), JONSON Jo (Luton Taun).

Yarim himoyachilar

MAKALLISTER Finli (Manchester Yunayted), GOLDING Maykl (CHelsi), AMO-AMEYAV Sem (Sautgempton), DENNI Reyss (CHelsi), LYUIS-SKELLI Maylz (Arsenal), RIGG Kris (Sanderlend).

Hujumchilar

DIBLING Tayler (Sanderlend), OBOAVVODUO Jastin (Manchester Siti), NDALA Joel (Manchester Siti), STIVENS Archi (Reyndjers, SHotlandiya), UORXERST Metti (Manchester Siti), NVANERI Itan (Arsenal).

Joriy musobaqadagi ishtirok

"C" guruhidan joy olgan Angliya dastlabki turda Yangi Kaledoniya darvozasiga javobsiz o'nta to'p kiritdi. 2-turda esa Eron 2:1 hisobida mag'lub etildi. Inglizlar so'nggi o'yinda Braziliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yganiga qaramay, to'plar nisbatiga ko'ra, guruh g'olibiga aylandi.

O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Angliya U-17 murabbiyi qanday fikrda?

"O'zbekiston kuchli jamoa, ular juda yaxshi o'yin uslubiga ega, murabbiyi ham tajribali hisoblanadi. Biz raqibning guruh bosqichidagi o'yinlarini tomosha qildik va ularning kuchli o'yin ko'rsatishini bilib oldik. Bo'lajak o'yin emociyalarga boy bo'ladi va biz bu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapmiz," dedi 40 yoshli mutaxassis Rayan Garri.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика