So’nggi yangiliklar

21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  0 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  0 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  1 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  9 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  75 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  2 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  11 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  3

U-16 Osiyo chempionati. Tojikiston finalni ko'zlamoqda Yangiliklar

U-16 Osiyo chempionati. Tojikiston finalni ko'zlamoqda

Malayziyada bo'lib o'tayotgan U-16 Osiyo chempionati o'zining yakuniy pallasiga yaqinlashmoqda.

Ertaga musobaqaning yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. Kelasi yil Peruda bo'lib o'tadigan U-17 jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiriotgan Tojikiston o'smirlar terma jamoasi ertaga yarim finalda Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv bizning vaqt bilan 18:00da start oladi.

Jamoa darvozaboni Muxriddin Hasanov OFK saytiga bergan intervyusida o'z tengdoshlari bilan finalni ko'zlayotgani haqida gapirib berdi. Malumki, yon qo'shnilarimiz chorak finalda KXDRga qarshi bahs olib borib, o'yinda 1:1 hisobida qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad tojiklarga kulib boqdi. Muxriddin Hasanov penaltilar seriyasida ikkita to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

"Biz g'alabadan xursandmiz, lekin xotirjamlikka berilishimiz kerak emas. Men Tojikiston terma jamoasida o'ynashdan nihoyatda baxtiyorman. Penaltilar seriyasida ham yutish oson emas. Men o'zimga to'liq ishongandim. O'yindan bir kun oldin mashg'ulotda biz 15 daqiqacha faqat penaltilar ustida ishladik. Murabbiyim Asad Norov hushtak chalinmaguncha sakrama dedi, men ham shunga amal qildim. Endi bor etiborni yarim finalga qaratamiz. Maqsadimiz esa finalga chiqish", - deydi yosh darvozabon.

Malumot uchun, Tojikiston o'smirlar termasi bungacha ikki bor U-16 Osiyo chempionatida qatnashgan bo'lib, ikkalasida ham jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Tojikiston 2006 yil birinchi bor Osiyo chempionatida ishtirok etgan va 3-o'rin uchun kechgan bahsda Suriyani mag'lub etgan. Ikkinchi ishtirok oradan ikki yil o'tib ro'y bergan va bunda tojikistonlik o'smirlar chorak finalda KXDRdan ustun kelishgan. Taqdirni qarangki, uchinchi ishtirok ham muvaffaqiyatli kelib Tojikiston U-16 jamoasi yana KXDRni mag'lub etgan holda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

U-16 Osiyo chempionati-2018. Malayziya

1/2 final. 4 oktyabr

18:00. Tojikiston - J.Koreya
13:30. Yaponiya - Avstraliya

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика