Tyago Motta A Seriyada yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi
02 fev 2022 20:21
Yangiliklar
Tyago Motta A Seriyada yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi
A Seriya matbuot xizmati "Speciya" bosh murabbiyi Tiago Motta yanvar oyida Italiya elita murabbiylari orasida eng yaxshi murabbiy deb topilganini malum qildi.
2022 yilning dastlabki oyida "Speciya" 4 ta o'yin o'tkazdi. 39 yoshli italiyalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa to'rt o'yinning uchtasida g'alaba qozondi, shu jumladan, safarda "Milan"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Tiago Motta 2021 yilning yozidan beri "Speciya"ni boshqaradi. Amaldagi shartnoma 3 yilga tuzilgan.
O'tkazilgan 23 o'yindan keyin PSJning sobiq futbolchisi boshchiligidagi jamoa 25 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar