Tuxel "Roma"da Mourinyu o'rnini egallashi mumkin
08 mar 2023 15:14
Yangiliklar
Tuxel "Roma"da Mourinyu o'rnini egallashi mumkin
Agar Joze Mourinyu "Roma" bosh murabbiyligidan ketsa, germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel jamoa boshqaruviga keladi.
Bu haqda "The Sun" xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, rimliklar rahbariyati Tuxelni portugaliyalik mutaxassisni almashtirish uchun ideal variant deb hisoblayapti.
Nemis murabbiyining so'nggi ish joyi "CHelsi" bo'lib, u bilan 2020/21 yilgi mavsumda CHempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqqan.
Avvalroq agar jamoa CHempionlar Ligasiga chiqa olmasa, Mourinyu Italiya klubini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
"Roma" A Seriyada 25 turdan keyin 47 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar