Tuxel durangdan norozi
17 dek 2021 07:56
Yangiliklar
Tuxel durangdan norozi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Everton"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Ha, biz yana raqibga o'ynashi uchun yo'l qo'yib berdik. Golimiz uchun va raqiblarimiz gol urishlari uchun qancha kuch ketayotganini ko'rib turibmiz va buni qabul qilishimiz og'ir bo'lmoqda.
Birinchi taymda ajoyib vaziyatlarni qo'ldan chiqardik, ikkinchi bo'limda esa kerakli ritmda o'ynay olmadik. O'yinga ko'proq energiya qo'shish uchun almashtirishlarni amalga oshirgandik, ammo qiyin bo'ldi. Biz hisobda oldinda borayotib, bitta jarima zarbasidan so'ng tashabbusni berib qo'ydik.
To'g'ri, ko'p va muhim futbolchilar bugun etishmadi. Ammo bu orqali o'zimizni oqlamoqchi emasmiz", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar