So’nggi yangiliklar

11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8

Tursunovning Vorskladagi faoliyatiga nazar Yangiliklar

Tursunovning Vorskladagi faoliyatiga nazar

Sanjar Tursunov ushbu yozda Ukrainaning Vorskla jamoasiga qaytdi. Biz yarim himoyachining mazkur jamoadagi faoliyati haqida to'xtalib o'tishni joiz topdik.

Tursunov 2013 yili Rossiyaning Orenburgini Ukrainaning Vorsklasiga almashtirgan edi. O'shanda u debyut mavsumida chempionatda 10 o'yinda maydonga tushib 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, 3 bellashuvda hakamlar Sanjarni sariq kartochka bilan siylashgan.

Tursunov ikkinchi mavsumda jamoaning asosiy tarkib o'yinchisi ekanini isbotladi. CHempionat o'yinlarida 26 marta maydonga tushgan yarim himoyachidan raqib posbonlari 5 marta jabr ko'rishdi. Hakamlar uning 4 ta qo'polligini sariq kartochka bilan jzaolashdi. O'sha mavsumda Sanjar kubok o'yinlarida 3ta uchrashuvda 1ta gol urganini ham takidlab o'tish joiz.

2015|2016 yillar mavsumida chempionatning yarmida 16ta o'yin o'tkazib 2ta gol urgan va Evropa Ligasi saralashida 2 uchrashuvda o'z hisobiga 1ta gol yozdirib qo'ygan futbolchi xizmatlariga Qatarning Umm-Salal jamoasi qiziqdi va u shundan so'ng faoliyatini arab diyorida davom ettirdi.

Yarim mavsumdan keyin Tursunov yana Vorsklaga qaytishga qaror qildi. U ushbu mavsumni ham juda omadli tarzda boshladi. CHempionatda 7 uchrashuv o'tkazgan 29 yoshli futbolchi Volin bilan o'yinda jarima zarbasidan super gol urishga muvaffaq bo'ldi. Sanjar kubok o'yinida 1 marta maydonga tushdi. Tursunov hozirga qadar Vorskla klubi libosida Ukraina chempionatida 61 uchrashuvda 9ta gol urib, shuncha marta ogohlantirilgan. Ukraina kubogida 5 o'yinda 1ta gol urib, 1 marta sariq kartochka olgan bo'lsa, Evropa Ligasida 2 bellashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 1ta gol va 1ta sariq kartochka yozdirib qo'ygan. Umumiy hisobda u jamoa sharafini 68 o'yinda himoya qilib, raqiblar posbonlarini 11 marta ranjitgan va 10 bora hakamlar tomonidan ogohlantirilgan.

SHu o'rinda aytish joiz, Tursunov jamoasi Ukraina chempionatining navbatdagi turida CHernomorec mehmoni bo'ldi. Mazkur uchrashuv Vorsklaning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. Sanjar esa o'yinni to'liq maydonda o'tkazdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика