So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

"Turon" nazorat bahsida "Istiqlol"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Turon" nazorat bahsida "Istiqlol"ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  TuronIstiqlol
Bugun Oltiariq tumanidagi "Imkon-arena" o'yingohida Farg'onaning "Istiqlol" va Yaypanning "Turon" jamoalari o'rtasida nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikki jamoa vakillarida ham gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida Temur Mamatmurodov "Turon" darvozasini ishg'ol etib, "Istiqlol"ni hisobda oldinga olib chiqdi. SHundan so'ng "Turon" jamoasi vakillari ikkita gol kiritishning uddasidan chiqdilar. Dastlab Javohir Soxibov penaltidan gol kiritib, hisobni tenglashtirgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim oxirgi daqiqalarida Asilbek Qayumov "Turon"ga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Uchrashuv shu tariqa "Turon" jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Nazorat uchrashuvi.
Oltiariq. "Imkon-arena" o'yingohi.

"Istiqlol" - "Turon" 1:2
Gollar:
Temur Mamatmurodov (1:0), Javohir Sohibov pen. (1:1), Asilbek Qayumov (1:2)

"Istiqlol": Nodirbek Ashurmatov, Abduxoliq Qurbonov, Umar Adhamzoda, Hojiakbar Yunusov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Abbos Maxstaliev, Elyor Mamasoliev, Temur Mamatmurodov, Rustam Abduhamidov, Robbim Hasanov, Fayzullo Jumanqo'ziev
Zaxira: Jasurbek Ermamatov, Xumoyun Boyqo'ziev, Elyor Mo'ydinov.

"Turon": Akmal Ortiqov, SHoxrux Xolmatov, Ismoil Oxunjonov, Elbek Otaqulov, Asliddin Toshtemirov, Sunnatillo Ermatov, Javohir Sohibov, Bahodir Akramov, Xurshid Asqaraliev, Doniyor Ismoilov, Davron Isoqov
Zaxira: Mirzoxid Jalilov, Ayubxon Isoqov, Aslbek Qayumov, Doston Meliqo'ziev, Bilol Toshmirzaev, Ibrohim Ahmadjonov, Saidabzalxon Axrorov, Muxammadkomil Nizomov, Dilshod Xushbakov


Bekzod Tolibov tayyorladi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика