So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  2 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  1 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  3 09:50"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топиб қўйди  2 09:45Игорь Шквирин: "Гуруҳда рақобат кучли, хатолардан керакли хулоса чиқарилмаса қимматга тушади"  3 09:14"Реал Мадрид" МЮ футболчисини сотиб олиши мумкин  2 08:40ФИФА президенти ўзининг расмий саҳифасида Ўзбекистонда футбол жадал суръатда ривожланаётганини эътироф этди   4 08:04Гвардиола бир шарт билан Италия клубларидан бирини бошқаришга розилигини маълум қилди  1 07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  2 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  4 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   23 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  11 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2

"Turon" muxlislariga murojaat yoxud jamoani oldinda kutib turgan voqeliklar tahlili (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Turon" muxlislariga murojaat yoxud jamoani oldinda kutib turgan voqeliklar tahlili (Bekzod Tolibov blogi)

Teglar :  Turon
Yaypanning "Turon" klubi qachon tashkil topgani haqida bilasizmi?

Ko'pchilikning xabari bor, jamoa 2017-yil 5-may sanasida tashkil etilgan va aynan ushbu kundan boshlab milliy chempionatlarimizda o'z ishtirokini boshlagan. SHundan so'ng "Turon" amaldagi mavjud sport tamoyillariga asoslangan xolda birin-ketin turli bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tib keldi. Xususan jamoa "Navro'z" kubogi (2017), Farg'ona viloyati Birinchiligi - Ikkinchi liga chempioni (2018), V Pro-liga g'olibligi (2019) va Pro-liga chempionligi (2020) kabi sharafli yutuqlarga erishib keldi va tugallanayotgan joriy mavsumdan boshlab O'zbekiston Superligasida ishtirok etib kelmoqda.

Klub muxlislari "Turon" tashkil etilganidan buyon jamoadan har qaysi musobaqada ham yuqori o'rinlarni kutishgan. Qaysidir manoda aytadigan bo'lsak, ular 3 yil ichida barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan xolda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoaning g'alabalariga ko'nikib ham qolishgandi. Yosh va o'z tarixini endigina yozishni boshlagan klubning birdaniga Superligada ham zafar quchishi juda qiyin edi. Buni tushunib turgan jamoaning jonkuyar fidoyi muxlislari hoh uy uchrashuvi, hoh safarda bo'lsin, samimiy qo'llab-quvvatlab kelishmoqda.

Ayni damga kelib allaqachon o'zbek futbol muxlislarining "yoqimtoy jamoasi"ga aylanib ulgurgan "Turon" Pro-ligaga tushib ketish uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Yani, Superligada jami 14 ochko jamg'argan xolda musobaqa jadvalining oxirgi pog'onasidan o'rin olgan. So'ngi 2 turda esa jamoa musobaqa jadvalida o'ziga eng yaqin bo'lgan Bekobodning "Metallurg" va Andijonning "Andijon" klublariga qarshi to'qnash keladi. Nazariy jihatdan "Turon"da Superligada qolish imkoniyati hamon mavjud. CHunki o'zidan oldingi jamoalarda 19 tadan ochko bor, oradagi farq 5 tani tashkil etmoqda. Andijonlik va bekobodlik muxlislarga hurmat saqlagan xolda kichik hisob-kitobni amalga oshirib ko'ramiz, 25-turda "Turon" safarda "Metallurg"ni mag'lub etishning uddasidan chiqsa, "Andijon" ushbu turda ochko ololmasa nima bo'ladi? Unda siz 27-noyabr kuni barcha ishiningizni yig'ishtirib Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohiga keling! Yoki imkoniyatdan kelib chiqib TV orqali bo'lsa ham "Turon" - "Andijon" uchrashuvini tomosha qilishni maslahat beramiz. CHunki bu bellashuvning "Yil o'yini"ga aylanib ketishi ehtimoli juda yuqori bo'ladi.

Yaqinda, aniqrog'i mazkur haftaning ilk kunlarida ish yuzasidan Toshkent shahriga kelgandim. Tushlik qilish maqsadida mo'jazroq bir kafega kirdim. Tasodifni qarangki, kafega katta ekranli televizor o'rnatilgan va unda milliy futzal chempionatimiz doirasidagi o'yin - Farg'onaning "Neftchi" jamoasi ishtirokidagi uchrashuv namoyish etilayotgandi. O'zim farg'onalik bo'lganligim tufayli "Neftchi" ishtirokidagi har qanday chempionatni qiziqish bilan kuzataman. Tabiiyki, futzal jamoasi o'yinini ham kafedagi TV orqali kuzata boshladim ("Neftchi" futzal jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zokirov va jamoa darvozaboni Elyor Domlaevlar bilan yaqin tanishmiz). Sal naridagi stolda 3-4 nafar yigitlar ham o'yinni qiziqib tomosha qilishayotgandi, gap-so'zlaridan shevalariga yaxshiroq razm soldim, toshkentliklar. Oradan bir oz vaqt o'tib uchrashuvda tanaffus elon qilindi va TVda mazkur haftada namoyish etiladigan o'yinlar anonsi efirga uzatila boshlandi. Anonslar orasida Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Turon" uchrashuvi anonsi chiqib qoldi. SHunda haligi yigitlarning bir nima deydi deng? "E o'yinni zo'ri borakanu, shu "Turon"ni o'yinlari juda qiziq bo'layaptida, vaqtini eslab qol, ko'ramiz" deya sherigiga uqtirdi.

Tasodiflar ham tasodifan bo'lmaydi aslida. Yaypanlik muxlislar jamoa natijalaridan aslo tushkunlikka tushishmasin. Yuqoridagi voqeadan ko'rish mumkinki, demak "Turon" "yoqimtoy jamoa" sifatida poytaxtlik futbol muxlislarining ham etiborini qozona olibdi. Balki Respublikamizning barcha xududlarida ham Yaypan klubiga befarq bo'lmagan ko'plab muxlislar topilsa kerak.

So'zimiz yakunida "Turon" klubi tomonidan yaqinda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan futbol akademiyasi suratini etiboringizga havola etamiz. Guvohi bo'lishingiz mumkin, hali "Turon"ning oldindagi maqsadlari jiddiy.



Bekzod Tolibov

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика