So’nggi yangiliklar

08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  0 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  6 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  5 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1

"Turon" – "Lokomotiv" o'tish o'yini oldidan. Jamoalar bugunga qadar jami 5 marta to'qnash kelgani haqida bilasizmi? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Turon" – "Lokomotiv" o'tish o'yini oldidan. Jamoalar bugunga qadar jami 5 marta to'qnash kelgani haqida bilasizmi? (Bekzod Tolibov blogi)

Qatarda bo'lib o'tayotgan mundialni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganingizni bilaman.

Har kimning o'z tanlovi bor. Biroq bugun butun o'zbek futbolining nigohi hech shubhasiz Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohiga qaratiladi. Bugungi kun bizga 2023 yilgi mavsumda Coca Cola Superligasining yana bir ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritib beradi. Bu jamoa "Turon" bo'ladimi yoki "Lokomotiv", hozircha ochiq qolayotgan savolga javobni soat 15:00 da start oladigan o'tish o'yini orqali javob olamiz.

2017 yilda tashkil etilgan "Turon" hozirga qadar "Lokomotiv" bilan rasmiy va o'rtoqlik maqomida o'tgan o'yinlarda jami 5 marta to'qnash kelibdi. Yaypanliklarning qisqa muddatlik tarixi davomida eng ko'p o'yin o'tkazgan klublardan biri aynan "Lokomotiv" ekan. Bilasizmi-yo'qmi, bu ikki jamoa shu yilning o'zida ham ikki bor o'zaro uchrashuvda maydonga tushib ulgurishdi. Ertangi o'tish o'yini ushbu mavsum hisobidan uchinchi o'zaro qarama-qarshilik bo'ladi.



Quyida jamoalarning rasmiy va o'rtoqlik maqomidagi o'zaro o'yinlari tarixi keltirib o'tilmoqda:

18.03.2021.Coca Cola Superligasi

3-tur

"Turon" - "Lokomotiv" 2:2

Gollar: Dayan Ponevich, 4 (1:0), Vladislav Kasminin, 11( 2:0), Javohir Sidiqov, 16 (2:1), Temurxo'ja Abduxoliqov, 69-pen., (2:2)


24.04.2021. O'zbekiston Coca Cola Kubogi

Guruh bosqichi. 2-tur

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni

"Lokomotiv" - "Turon" 2:0 

Gollar: Marat Bikmaev, 58 (1:0), Azizbek Amonov, 90+4 (2:0)



27.08.2021. Coca Cola Superligasi. 16-tur

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni

"Lokomotiv" - "Turon" 3:1 

Gollar: Bilolxon Toshmirzaev, 30 (0:1), Temurxo'ja Abduxoliqov-pen., 41 (1:1), Temurxo'ja Abduxoliqov, 70 (2:1), Azizbek Amonov, 77 (3:1)


21.02.2022. Nazorat uchrashuvi

Toshkent. Qibray stadioni

"Lokomotiv" - "Turon" 0:0

 


16.07.2022. Nazorat uchrashuvi

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni

"Lokomotiv" - "Turon" 2:1

Gollar: Islom Qobilov, 36 (1:0), Nurmuhammad Toshpo'latov, 40 (2:0), Azamjon Aliev, 63 (2:1)



Guvohi bo'lganingizdek, o'zaro o'yinlardagi ustunlik "temiryo'lchilar" tomonida. Biroq "Lokomotiv" Yaypanda "Turon"ni mag'lub eta olmagan. Klub tarixidan xabari bor muxlislar yaxshi biladi, o'sha o'yinda Vladislav Kasminin to'pni qo'li bilan o'ynab yuborgani sabab "Turon" darvozasiga penalti belgilangandi. Aks holda, yaypanliklar g'alabaga juda yaqin edilar. Yana bir fakt bor, "Turon" o'z tarixida Coca Cola Superligasidagi ilk ochkosini aynan "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda qo'lga kiritgan.

Bo'lajak o'tish o'yinidan haqiqiy tomoshabop futbol va shiddatli kurashlarga boy bellashuvni kutyapman. Nazarimda, ayni vaqtda har ikki jamoaning g'alabaga bo'lgan imkoniyatlari 50/50. Ruhiy ustunlik Pro liganing so'ngi turida "Andijon"ni 4:0 hisobida mag'lub etgan "Turon" tomonida.

O'tkazib yubormang! Bunday o'yinlarni o'tkazib yuborish mumkin ham emas, aslida.


Bekzod Tolibov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика