So’nggi yangiliklar

20:15"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  3 20:05Суперлига. "Навбаҳор" - "Сўғдиёна" 1:1 (матнли трансляция)  23 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  1 19:16Суперлига. "Машъал" - "Динамо" 2:1 (матнли трансляция)  7 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  0 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  1 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  2 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  6 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  14 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  10 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  4

Turning eng yaxshi hakami yo'q! Risqullaev turning eng yomon hakami! Yangiliklar

Turning eng yaxshi hakami yo'q! Risqullaev turning eng yomon hakami!

Superliganing 8-turida hech bir hakam yarq etib ajralib turmadi.

Aksincha, "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvini boshqargan Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasining qo'pol xatosi yakunda o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi. Odatga ko'ra turning eng yaxshi hakami aniqlab kelayotgandik. Superliganing 8-turida bu nominaciyaga loyiq hakam topilmadi. Turning eng yomon hakami sifatida esa Ahrol Risullaev va uning brigadasini ko'rsatish mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ahrol Risqullaev hamda yon qanot hakami  Alisher Usmonov uchrashuvning 86-daqiqasida bo'lgan vaziyatda "qovun" tushirishdi. Bu vaziyatda kim penalti bo'lganiga ishora qildi? Avvaliga Risqullaev "nuqta"ni ko'rsatmadi va orqaga ketmoqchi bo'ldi. Qanot hakami esa o'zidan-o'zi jurima maydonchasi ichiga yugurib kirdi. Xo'p, agar penaltini qanot hakami belgilagan bo'lsa, unda nega bayroqchasini ko'tarmadi? Risqullaev esa qanot hakamining maydonga yugurib kelayotganini ko'rib "nuqta"ni ko'rsatdi. Bu erda bosh hakam Risqullaev ham, yon qanot hakami Alisher Usmonov ham o'z majburiyatlarini unutib qo'yishdi chog'i. Videoda aniq va tiniq ko'ringan. Penaltini kim belgilagani tushunarsiz. Lekin yakuniy qarorni qabul qilishi kerak bo'lgan Ahrol Risqullaev bu vaziyatda o'yin statusiga mos tushmaganini isbotladi va yakunda o'yin natijasiga tasir ko'rsatgan ko'pol xatoga yo'l qo'ydi.

Aslida esa Anvar G'ofurov o'sha vaziyatda to'pni uzoqlashtirdi va epizod jarima maydonchasi tashqarida sodir bo'ldi.

TAS-IX emas


Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика