So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  31 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  18 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Turkmaniston ustozi Mergen Orazov: "Ertaga himoyada tartibli harakat qilgan holda vaziyatlardan foydalanishimiz kerak" Yangiliklar

Turkmaniston ustozi Mergen Orazov: "Ertaga himoyada tartibli harakat qilgan holda vaziyatlardan foydalanishimiz kerak"

JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda dastlab mehmonlar ustozi Mergen Orazov va futbolchi Arslanmirad Amanov ishtirok etdi. 

Mergen Orazov: "Assalomu alaykum. Birinchi o'rinda O'FAga iliq kutib olishgani uchun rahmat aytaman. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. CAFA va o'tgan o'yinlarda O'zbekistonga qarshi qanday o'ynay olishimizni ko'rsatdik. O'zbekiston kuchli terma jamoa. Tarkibida yuqori saviyadagi ijrochilar bor. Biz himoyada yaxshi harakat qilishimiz va vaziyatlardan foydalanishimiz kerak".


Arslanmirad Amanov: "O'zbekiston terma jamoasi kuchli raqib, guruh favoriti. Biz qo'limizni tushirmoqchi emasmiz. Ertaga chiroyli o'yin ko'rsatishga, nafaqat himoyada, balki paslar orqali o'yinni tashkil qilishimiz zarur".



Mergen Orazov: - Nima uchun Antaliyada yig'in o'tkazdik? Birinchi o'rinda u erda yaxshi sharoitlar bor. Oldindagi o'yinlarga optimal tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ikkinchidan Turkiyadan Toshkentga kelish qulay. Endi O'zbekistonga qarshi birinchi va ikkinchi bo'limdagi o'yinlarimizga kelsak, haqiqatdan ham uchrashuvning dastlabki qismida kuchli tomonlarimizni ko'rsata oldik. Ikkinchi bo'limda diqqatni yo'qotyapmiz. Bu jismoniy tayyorgarlik bilan bog'liq, yigitlar charchoq alomatida ko'proq xatoga yo'l qo'yishmoqda. Bu ko'p faktorlarga bog'liq. Tahlil qilamiz. Futbolchilar chempionat bahslarida katta bosim olishmayapti. Ikkinchidan tajriba etishmayapti. Taktik jihatdan har bir yig'inda, o'yinda qo'shib borishga harakat qilyapmiz. O'zbekistonga qarshi Toshkentdagi bahsda taktik taraflama ideal o'yin ko'rsatgandik. Raqibda vaziyatlar ko'p yuzaga kelmagandi. Ikkinchi bo'limda qarshi hujumda gol urishimiz mumkin edi. Ishlashda davom etamiz. 

O'zbekiston terma jamoasining kuchsiz jihatlari haqida gapirish qiyin. Ular so'nggi 5 yillikda kuchayishga erishdi. Ko'p futbolchilari xorijda to'p tepmoqda. Murabbiy yaxshi saviyada. Faqat pressingda aktiv emasligini aytishim mumkin. O'zbekiston xatolardan tezda foydalanadi va vaziyatlar yaratadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика