So’nggi yangiliklar

12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  0 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  0 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   4 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  2 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  16 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  12 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1

Turkmaniston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi Yangiliklar

Turkmaniston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Turkmaniston futbol federasiyasi texnik direktori Rovshan Meredov futbol bo'yicha mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

42 yoshli mutaxassis ham futbolchi, ham murabbiy sifatida katta tajribaga ega. Meredov professional faoliyatini 1999 yil "Nebitchi" tarkibida boshlagan, keyin "Dagdan", "Galkan", "Ahal" va "Edigen" jamoalarida o'ynagan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlab, PRO toifali murabbiylik licenziyasini olgan Rovshan Meredov 2013-2020 yillarda Ashxobodning "Edigen" va "Ahal" jamoalari klublarini boshqargan. Uning qo'l ostida jamoalar milliy chempionatda sovrinli o'rinlarni egallagan, "Ahal" esa 2017 yilda Turkmaniston Kubogini qo'lga kiritgan.

Mutaxassisning xorijda ishlash tajribasi ham bor – 2020 yilda O'zbekistonning "Qizilqum", 2022 yilda Qirg'iz Respublikasining "Kaganat" jamoasiga ustozlik qilgan.

Rovshan Meredov 2025 yil boshidan buyon Turkmaniston futbol federaciyasi Texnik boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgandi. Bunga parallel ravishda 2020 yildan beri "Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger boshchiligida Jahon futbolini rivojlantirish departamentida FIFA texnik eksperti sifatida ishlab kelmoqda.

Meredov terma jamoani 2023 yildan buyon boshqarib kelgan Mergen Orazov o'rnini egalladi.

10 iyun kuni Turkmaniston terma jamoasi 2027 yilgi Osiyo Kubogi saralash turniri doirasida Tailand terma jamoasini qabul qiladi. O'yin "Ashxobod" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика