So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Turkiya kompaniyasi "CHig'atoy"da suniy qoplamali maydon quradi Yangiliklar

Turkiya kompaniyasi "CHig'atoy"da suniy qoplamali maydon quradi

Teglar :  TurkiyaCHig'atoy
2017 yilning so'ngida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuv o'tkazgan edi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan hamda OFK tomonidan O'zbekistonda bolalar uchun mo'ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilish uchun mablag' ajratilishiga kelishilgan edi.

Ushbu kelishuvga asosan Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan bir qator qurilish kompaniyalari o'rtasida maxsus tender o'tkazildi. Tenderda sport inshootlarini barpo qilish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan Hatko kompaniyasi g'olib chiqdi.
Hatko kompaniyasi mutxassislari bugun poytahtimiz Toshkent shahriga etib kelishdi. Kunning birinchi qismida O'zbekiston futbol associaciyasi mutasaddilari hamda Hatko kompaniyasi mutxassislari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda “CHig'atoy” sport bazasida quriladigan suniy qoplamali maydonning loyihasi muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi qismida muhokama “CHig'atoy” sport bazasida davom etdi. Turkiya kompaniyasi vakillari stadion quriladigan er maydonini ko'zdan kechirib, qurilishni boshlash uchun zarur bo'ladigan chora-tadbirlarni belgilab olishdi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика