So’nggi yangiliklar

21:12АПЛ. "Тоттенхэм" илк турда йирик ғалабага эришди  2 21:08Виталий Левченко: "Энг зўр мухлислар водийда"  3 20:57Суперлига. "Динамо" Самарқандда ОКМКни мағлуб этиб, 3-ўринга кўтарилди  18 20:44"Ал Айн" — "Ал Батаэҳ". Ғаниев асосий таркибда  0 20:20Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Тожикистонни мағлуб эта олмади  3 20:18"Вулверхэмптон" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  12 20:15"Насаф" — "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция )  12 20:13"Нефтчи" 14 йилдан сўнг Наманганда "Навбаҳор"ни ютди  10 20:05Суперлига. 100 дақиқа давом этган водий дербисида "Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  78 18:54"Аталанта" "Манчестер Юнайтед" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 16:09"Арсенал"нинг янги мавсумдаги сардори ким бўлади?  1 15:33"Барса" Рэшфордни рўйхатдан ўтказди. МЮдан ижарага олинган ҳужумчи 1-турда "Мальорка" билан ўйнаши мумкин  7 15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  6 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  4 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  33

Turkiyaning Franciya ustidan qozongan g'alabasi tasodifmi? Yangiliklar

Turkiyaning Franciya ustidan qozongan g'alabasi tasodifmi?

Menimcha, yo'q. Ha, Turkiya amaldagi Jahon chempionini mag'lub etdi va bu sensaciya.

Lekin mundialda ish bergan taktika hozir eskirganini Desham hali tushunib etmagan. Aslida Jahon chempionati paytida ham, undan keyin ham Deshamning ishini bir qator ekspertlar tanqid ostiga olishgandi. SHunchaki natija fonida Desham qo'llagan uslub katta savollarga o'rin qoldirmagandi. Lekin endilikda Deshamning Franciya terma jamoasiga qo'llayotgan uslubi aktual mavzuga aylanadi. 

Turkiya Gunesh kelgach ancha tartibga keldi. O'yin muvozanati tiklandi. Bugungi natijalar bejiz emas. SHuningdek, Franciya kuchsizlangani va JCHda paytida natija yo'lida o'sha uslubga ko'nikkan, moslashib katta zaxira bilan o'ynagan futbolchilar endi ham bu narsani davom ettirishga qarshidek, nazarimda. 

Franciyalik futbolchi Ben-Arfaning Rossiyadagi mundialdan keyingi jahon chempionlarining o'yiniga bag'ishlab "France Football" nashriga yozgan maqolasini keltiraman. 

Bu nimadan dalolat? To'g'ri, himoyaviy uslub yoki taktika malum vaqt davom etadigan musobaqalarda qo'l kelishi mumkin, qachonki futbolchilar bunga moslashib, murabbiy ko'rsatmasiga to'liq amal qilishsa. Franciya o'shanda Jahon kubogi yo'lida bu narsaga ko'z yumgandi. Lekin bu vaqtinchalik holat. Yani, Dide qo'llagan uslub kelajak uchun hech nima bermaydi. To'g'ri, o'chmas tarixni yaratdi. Barakalla. Ammo kelajakda bu uslubdan naf chiqishi qiyin. Ayniqsa hozirgi Franciyadagi futbolchilar tanlovidan kelib chiqsak, terma jamoaga boshqa falsafaga ega murabbiy zarur. Futbol o'ynashni xush ko'ruvchi iqtidor egalari bu uslubdan charchashgan. Voqealar rivojini esa kuzatamiz.

P.S. SHahboz Beg'amovning telegram'dagi kanalidan olindi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика