So’nggi yangiliklar

14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  0 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  15 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5

Turkiyadan varianti nima uchun o'xshamadi? Qaysi davradagi "Navbahor" kuchli? Ehsoni Panshanbe bilan intervyu Yangiliklar

Turkiyadan varianti nima uchun o'xshamadi? Qaysi davradagi "Navbahor" kuchli? Ehsoni Panshanbe bilan intervyu

Joriy yilda chempionatimizda bir qator legionerlar o'zlaridan ijobiy taassurot qoldirishga erishishdi.

Ularning safiga "Navbahor"ning tojikistonlik futbolchisi Ehsoni Panshanbeni ham kirita olamiz. Jamoaga kelgan ilk kunidan boshlab muxlislar tomonidan iliq qarshi olingan yarim himoyachiga shu kunga qadar ko'pgina chempionatlardan takliflar bo'ldi. Lekin nima uchun "Navbahor"da qolishni afzal ko'rdi? Ushbu savolga quyidagi intervyu orqali javob olishingiz mumkin. 

- "Navbahor"da 2020 yilning ikkinchi davrasidan boshlab to'p tepib kelmoqdasiz. Deyarli ikkita mavsumni guvohi bo'ldingiz. Jamoaning mana shu ikki mavsumdagi ishtirokida qanday farq sezdingiz? Taqqoslagan holda baho bera olasizmi?

- Ha, 2020 yilning ikkinchi qismida jamoaga kelgandim. O'tgan va undan oldingi mavsumda pastki o'rinlarni egalladik. SHu bois katta farq ko'rganim yo'q. Muxlislar bizdan ko'prog'ini kutishadi. 

- Klubga moslashish va o'yinga qo'shilib ketish qiyin kechmadimi? Doim aytib kelamiz "Navbahor"da o'ynab ketish, bosimni engib o'tish oson emas...

- Albatta, jamoaga va yangi kollektivga o'rganish biroz vaqt talab qildi. Menimcha har bir futbolchi boshqa bir joyga kelganda malum bir qiyinchiliklarga duch keladi. Begona muhit, murabbiyning falsafasi va yigitlar bilan chiqishib ketish. Tojikiston va O'zbekiston bir-biriga yaqin xalq bo'lgani uchun o'rganish qiyinchilik tug'dirmadi. Jamoadoshlarim meni qo'llab-quvvatladi. Muxlislar barcha narsani ishga solishdi. 

- Bu mavsumning ikkinchi davrasini hisobga olganda "Navbahor" qaysi o'rinlarga mos, deya olasiz?

- Tan olish kerakki, birinchi davrada o'z imkoniyatlarimiz darajasida o'ynay olganimiz yo'q. Ikkinchi davrada esa nisbatan yaxshiroq to'p tepdik. Tartibli o'yin ko'rsatdik. Natijalar yomon bo'lmadi. Agarda chempionat yana bir necha tur davom etganida "Navbahor" bemalol kuchli to'rtlikdan o'rin egallardi. 

- O'tgan mavsum yakunida, mazkur yil yozida bir qator klublardan takliflar bo'lgandi. Xususan Turkiya Superligasi vakili "Xatayspor" jamoasi sizni harid qilmoqchi edi. "Lochinlar" safida qolganingiz maosh va yaxshi sharoitlar sababmi? Agarda ixtiyor o'zingizda bo'lganida qaysi birini tanlar edingiz?

- SHartlar va maoshlar borasida sir saqlash siyosatini afzal ko'raman. "Xatayspor" juda yaxshi sharoitlarni taklif qildi. Lekin ikki tomon transferim borasida bir qarorga kela olishmadi. 

- Dushanbening "Istiqlol" jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko ham sizni o'z jamoasida ko'rishdan xursand bo'lishini aytgandi...

- Barcha takliflarni agentim bilan birga muhokama qilamiz. Biz asosan yangi takliflarni kelajak faoliyatimga qanchalik tasir qilishi haqida o'ylaymiz. "Istiqlol" men o'sgan, katta tajriba to'plagan jamoa. Balki bir kun kelib qaytarman.

- Sobiq jamoangizning o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlari va OCHLda kuchli raqiblarni mag'lubiyatga uchratgani tasodifmi?

- Yo'q, tasodif emas. "Istiqlol"dagi ko'p futbolchilar Tojikiston terma jamoasida o'ynashadi va xalqaro tajriba to'plashgan. OCHLda butun yuragim bilan "Istiqlol"ga muxlislik qildim. Ularning g'alabasiga ishondim. 

- "Navbahor" muxlislariga tilaklaringiz va keyingi rejalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Keyingi faoliyatim qanday bo'ladi hammasini vaqt ko'rsatadi. Muxlislarga esa stadionga kelib doim qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Ular eng yaxshilari. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика