Turkiyada o'z jamoalari uchun stavka qo'ygan 32 klub rahbarlari hibsga olindi

Mirjalol Normatov
20 fev 2026, 23:15
Turkiyada stavkalar va kelishilgan o'yinlarga aralashib qolgan insonlarga qarshi keng qamrovli taftish ishlari davom etyapti.

Yanvar oyida Turkiyada 108 murabbiy va klublarning 104 menejerlari stavkalar uchun hibsga olingandi. Bungacha 1000dan ko'p futbolchi va 149 nafar hakam shu boisdan futboldan umrbod chetlatilgandi.

20 fevral kuni ushbu operaciyaning so'nggi ma'lumotlari ma'lum qilindi va bu klublar rahbarlariga yo'naltirildi. Ushbu operaciyada 32 klub egalari, shu bilan birgalikda Superliganing 7 klubi  "Geztepe", "Konyaspor", "Alanyaspor", "Antalyaspor", "Kojaelispor", "Genchlerbirligi" va "Sivasspor" kabi klublari egalari qo'lga olingan.

Policiya 10 provinciyada jiddiy reydlar o'tkazgan va yana bir gumonlanuvchini izlash ishlari davom etmoqda.

Prokuratura ma'lumotiga ko'ra, klublar egalari o'z jamoalari o'yinlariga stavkalar qo'yishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Hurriyet Daily