Turkiya Superligasi. 9 ta gol urilgan o'yinda "Fatix Karagumruk" "Fenerbaxche"ga yutqazdi, SHukurov 82 daqiqa harakat qildi
10 okt 2022 00:19
Yangiliklar
Turkiya Superligasi. 9 ta gol urilgan o'yinda "Fatix Karagumruk" "Fenerbaxche"ga yutqazdi, SHukurov 82 daqiqa harakat qildi
Turkiya Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Fenerbaxche" - "Fatix Karagumruk" uchrashuvi yakunlandi.
Murosasiz kechgan uchrashuvda darvozalarga jami 9 ta to'p kiritildi va unda mezbonlar 5:4 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi bo'limning qo'shimcha daqiqalari 12 daqiqa davom etdi hamda ularning 5-daqiqasida Batshuayi "Fenerbaxche"ga g'alaba tortiq qiladigan gol muallifiga aylandi.
Qayd etish joiz, mehmonlar tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek SHukurov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 58-daqiqada ogohlantirildi hamda 82-daqiqada zaxiraga olindi.
"Fenerbaxche" — "Fatix Karagumruk" 5:4
Gollar: Migel Krespo - 9', Enner Valensiya - 28', Enner Valensiya - 61', Enner Valensiya - 72', Mishi Batshuayi - 90' — Fabio Borini - 16', Jan Kuassi - 24', Fabio Borini - 65', Burak Kapachak - 83'
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar