Turkiya chempionati o'yinlari ko'mir konida halok bo'lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
15 okt 2022 15:44
Yangiliklar
Turkiya chempionati o'yinlari ko'mir konida halok bo'lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Bu haqda Turkiya futbol federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiya chempionatining 10-tur uchrashuvlari Bartin viloyatidagi ko'mir konida sodir bo'lgan avariya qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan start oladi.

"15, 16 va 17 oktyabr kunlari barcha professional va havaskor futbol musobaqalarida ko'mir konida vafot etganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanadi", – deyiladi xabarda.
Juma kuni ko'mir konida 300 metr chuqurlikda portlash sodir bo'ldi. 15 oktyabr kuni Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu portlashda kamida 40 kishi halok bo'lganini aytdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar