So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  1 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

"Turkish Holidays" musobaqasida poytaxtimiz jamoalari ishtirok etmoqda Yangiliklar

"Turkish Holidays" musobaqasida poytaxtimiz jamoalari ishtirok etmoqda

"Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" tarbiyalanuvchilari 2003-2004 yillarda tavallud topgan futbolchilar ishtirokidagi musobaqada qatnashishyapti.

Ayni paytga kelib "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda 1/4 finalda qozog'istonlik tengqurlarini 9:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U erda o'smirlarimiz Moskvaning "Ximki" jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Ertaga "Vityaz" klubiga qarshi final o'yini bo'lib o'tadi. 

2004 yilda tavallud topgan futbolchilar musobaqasida ishtirok etayotgan jamoalar:

"A" guruhi: "Ximki" (Rossiya), "Vatan-2007" (Ozarbayjon), MFM (Rossiya)

"V" guruhi: "Vityaz" (Rossiya), MFM-2 (Rossiya), "Xamovniki" (Rossiya)

"S" guruhi: "Lomokotiv"-2 (Rossiya), "Vityaz"-2 (Rossiya), "Paxtakor" (O'ZBEKISTON)

"D" guruhi: "Lokomotiv" (Rossiya), "Olimp" (Rossiya), BO'SM-2 (Qozog'iston)

2003 yilda tavallud topgan futbolchilar musobaqasida ishtirok etayotgan jamoalar:

"A" guruhi: "BUNYODKOR" (O'ZBEKISTON), "Beshiktosh" (Turkiya), "Xamovniki" (Rossiya), "Vatan" (Ozarbayjon)

"V" guruhi: "LOKOMOTIV" (O'ZBEKISTON), "Buiukani" (Moldoviya), "Gagra" (Abxaziya), "Tagsport" (Rossiya)

Afsuski "Bunyodkor"ning ishlari yurishmadi. Jamoa faqatgina "Vatan" ustidan 2:1 hisobda g'alaba qozondi, qolgan ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradi. "Lokomotiv" esa aksincha, 3ta o'yinda 3ta g'alabani qo'lga kiritdi. Ular 1/2 finalda "Xamovniki"ga qarshi bahs olib boradilar. Uchrashuv bugun bo'lib o'tadi. 

Ertaga "Paxtakor" finalda, "Bunyodkor" esa 5-6 o'rinlar uchun maydonga chiqadi. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика