Turk klubi "100 kun. 7.10" yozuvini ko'rsatgan isroillik futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi
15 jan 2024 01:18
Yangiliklar
Turk klubi "100 kun. 7.10" yozuvini ko'rsatgan isroillik futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi
Turkiyaning "Antalyaspor" klubi Superliga doirasidagi o'yinda gol urganidan so'ng Gazadagi operaciyalarni qo'llab-quvvatlashini bildiruvchi harakatlari uchun jamoa futbolchisi Sagiv Exezkelni chetlashtirishga qaror qildi.
Exezkel chempionatdagi o'yinda gol urdi, so'ngra "100 kun. 7.10" deb yozilgan bog'ich va David yulduzini ko'rsatdi.
"Bugungi "Trabzonspor"ga qarshi o'yinning 68-daqiqasida gol urganidan so'ng bilagidagi yozuvni ko'rsatish orqali mamlakatimiz qadriyatlariga zid harakat qilgan Sagiv Exezkel direktorlar kengashi qarori bilan jamoadan chetlatishga qaror qilindi. Bizning direktorlar kengashimiz hatto oldimizda chempionlik yoki kubok yaqin bo'lsa ham mamlakatimizning his-tuyg'ulariga zid bo'lgan hatti-harakatlarga hech qachon toqat qilmaydi", — deya klub bayonotidan iqtibos keltirdi Turkiyaning Haberler nashri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar