So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Tur iqtiboslari: "Nasaf"ni yana etakchilar tark etishiga tayyor emasman" yoxud "Bunyodkor"ning darajasidan pastga tushishga hech bir futbolchiga ruxsat yo'q" Yangiliklar

Tur iqtiboslari: "Nasaf"ni yana etakchilar tark etishiga tayyor emasman" yoxud "Bunyodkor"ning darajasidan pastga tushishga hech bir futbolchiga ruxsat yo'q"

Superliganing 10-turidan keyingi matbuot anjumanlarida murabbiylar tomonidan yangragan bir qator iqtiboslar bilan tanishtirib o'tamiz.

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar natijasida jamoani yana etakchilar tark etadigan bo'lsa, bunga tayyor emasligini oshkora malum qildi.

"Agarda yana etakchilarimizni yo'qotadigan bo'lsak, unda shuni aytishim mumkinki, bu jamoa uchun juda og'ir bo'ladi. Men murabbiy sifatida ham bunga tayyor emasman" (c) Ro'ziqul Berdiev 

"Bunyodkor" ustozi Mirjalol Qosimov moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan jamoadagi tartib qanday saqlab turganini sirini ochdi hamda futbolchilar va o'z oldiga qanday talab qo'yishi haqida so'zladi.

"Bunyodkor"da tartibni qanday saqlayapman? 120talik mixim bor. (kuladi) Har qanday holatda ham qo'l ostimdagi futbolchilarga "Bunyodkor"ni darajasidan pastga tushishiga ruxsat bermayman" (c) Mirjalol Qosimov 

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze jamoada aniq o'yin uslubi va chizgi borligini malum qildi.

"Men jamoa o'yinini hujumkor va himoya bilan balansni ushlagan holda yo'lga qo'yishni istayman va "Paxtakor"ning hozirgi o'yin uslubi shunday. Avvalo o'z jarima maydonchamiz oldida o'tirib qolishni istamayman. Bizda o'yin chizgisi aniq ko'rinib turibdi. "Paxtakor" doim uchrashuvni o'z nazorati ostida o'tkazishi lozim. Bizning o'yin shunga qurilgan" (c) SHota Arveladze

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика