So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Tunda uyqu yo'q! Yangiliklar

Tunda uyqu yo'q!

Bundesliga qishki qisqa uyqudan uyg'onmoqda.

Birinchi davradan keyin yuzaga kelgan tanaffus nihoyasiga etdi. BayArenada bugun Bundesliganing ikkinchi davrasidagi ilk o'yiniga start beriladi.

12 uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Bayer" o'z uyida peshqadam "Bavariya"ni mehmon qiladi.

Bayer Leverkusen

Kevin Volland - 70'

1. Bundesliga . 18-tur

13/01/2018, 00:30

3
:
1
Tugadi

Bayern Munich

Javier Martinez - 32', Franck Ribery - 59', James Rodriguez - 90'

Stadion: BayArena, 30210 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
10'  Kevin Volland
15'  Karim Bellarabi
60'  Karim Bellarabi (Benjamin Henrichs)
65'  Dominik Kohr (Lucas Alario)
70'  Kevin Volland
70'  Kai Havertz
77'  Julian Brandt (Admir Mehmedi)
27'  Thomas Mueller
32'  Javier Martinez
42'  Rafinha
59'  Franck Ribery
59'  James Rodriguez
65'  Arjen Robben (Kingsley Coman)
79'  Franck Ribery (Sandro Wagner)
90'  James Rodriguez
90'  Thomas Mueller (Corentin Tolisso)

Qatarda mavsumning eng muhim qismiga taraddud ko'rgan "Bavariya" safida bugungi bahs oldidan ikkita yo'qotish mavjud. Bunga qadar Noyer va Tyago Alkantara xizmatidan foydalana olmay kelayotgan "Bavariya"ga Leverkuzendagi o'yinda Xummels hamda Levandovski yordam bera olishmaydi. Mezbon jamoa "Bayer"da ham yo'qotishlar yo'q emas. Xayko Xerlixx bugun katta ehtimol bilan Karim Bellarabi hamda Benjamin Xenriksga tayana olmaydi.

Turnir jadvali etibori bilan qaraganda, "Bayer" uchun bugungi bellashuv qiymati ancha yuqori. CHunki jamoa ayni paytda 28 ochko jamg'argan holda 4-pog'onada bormoqda. Ular ikkinchi o'rindagi "SHalke"dan 2 ochko kam jamg'arishgan. Agarda "dorishunoslar" bugun "Bavariya"dan 3 ochko olishni uddalashsa, unda vaqtinchalik bo'lsa ham peshqadamning eng yaqin taqibchisiga aylanishadi.

Xayko Xerlixx qo'l ostida "Bayer" ajoyib o'yin ko'rsatayotganini alohida etirof etmoq lozim. Joriy mavsumdan buyon jamoa ruliga o'tirgan mutaxassis "Bayer"ni o'yinini yaxshi tarafga o'zgartira oldi. Bu esa jamoa qayd etayotgan natijalarda ham o'z aksini topmoqda. Yoshargan, ishtiyoqi baland hamda jangovor jamoaga aylangan "Bayer"ning hujum chizig'i ancha kuchli. Ayniqsa Leon Beyli va Yulian Brandt kabi hujumkor vingerlarga ega jamoaning qanotdan uyushtiradigan tezkor hujumlari "Bavariya"ga etarlicha tashvish tug'dirishi mumkin.

Bundesliga turnir jadvali

"Bavariya" esa qishni tanaffusda jamoa uchun zarur xaridni amalga oshirdi. Yani hujum chizig'i yolg'izlanib va raqobatdan holi qolgan Robert Levandovskiga haqiqiy raqobatchi topildi. Aniqrog'i, "Xoffenxaym"dagi yorqin o'yinlari orqali Germaniya terma jamoasi eshigini ochgan Sandro Vagner endilikda o'zi tarbiya topgan jamoasi "Bavariya"ga qaytdi. Bu xarid "Bavariya" hujum chizig'idagi tanlovlarni boyitdi va endilikda Xaynkes ikki xil tipdagi hujumchiga ega. Levandovski texnik jihatdan yuqori darajadagi hujumchi bo'lsa, Sandro Vagner haqiqiy taran forvard sanaladi. Robert Levandovski "Bayer"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Demak Sandro Vagner bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlash uchun asosiy nomzod.

Buyog'iga "Bavariya"ning asosiy hujumchisi kim bo'ladi, degan savol ham katta intrigani keltirib chiqarishi mumkin. Sababi, Yupp Xaynkes o'z tarkibida doim taran hujumchi bo'lishini istagan va ko'proq shunday tipdagi hujumchi bilan o'ynagan. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Levandovski ko'p qirrali hujumchi.

Bugungi o'yin har ikkala jamoalar uchun yangi yildagi ilk rasmiy uchrashuv hisoblanadi. Tabiiyki jamoalar yangi yilni yaxshi kayfiyatda boshlashni istashadi. Qaysi jamoa o'z istagini amalda yuzaga chiqara olishini esa tunda boshlanajak bahsda guvohiga aylanamiz.

O'zaro o'yinlar tarixi.
"Bayer" va "Bavariya" jamoalari shu kunga qadar jami 55 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. SHularning 11tasida "Bayer" g'alaba qozongan, 10 bellashuvda durang qayd etilgan va 34 bor "Bavariya"ning qo'li baland kelgan.
To'plar nisbati: 62-104, "Bavariya" foydasiga.

SHuni alohida qayd etish kerakki, "Bavariya" so'nggi bor Leverkuzenda 2013 yili aynan Yupp Xaynkes qo'l ostida g'alabaga erishgan. SHundan so'ng qatorasiga 3 yil Gvardiola va o'tgan mavsumda Karlo Anchelotti bilan bu ishni uddalash "Bavariya"ning qo'lidan kelmagandi.

Qiziqarli va ajoyib bo'lishi kutilayotgan bahsni soat 00:30da "Match TV" kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика