Trinkan Portugaliyaning "Sporting" klubiga o'tishga yaqin
06 iyu 2022 12:35
Yangiliklar
Trinkan Portugaliyaning "Sporting" klubiga o'tishga yaqin
"Barselona" yarim himoyachisi Fransishku Trinkan ijara asosida Portugaliyaning "Sporting" klubiga o'tishga yaqin.
Futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Vulverxempton"da o'tkazdi. O'yinchi qaytganidan so'ng Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi uning xizmatlariga ehtiyoj sezmasligini aytdi.
"Sporting" va "Barselona" o'rtasidagi muzokaralar bir necha haftadan buyon davom etmoqda va u hozirda yakunlanishga yaqin. Portugaliya klubida Trinkanni ijara muddatidan so'ng 20 mln evro evaziga xarid qilish huquqi bo'ladi.
Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar